N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
195-mashq.
Ko‘chirma gap va muallif gapini topib, ularning o‘rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering. 1. «Íunari va odobi bo‘lmagan kishidan, — deydi Mahmud Koshg‘ariy, — baxt va davlat ketadi». 2. «År ikki ishi-la qarimas o‘zi, Biri ezgu fe’li, biri xush so‘zi» — deb aytgan edi Yusuf Xos Hojib. 3. Abu Rayhon Beruniy aytadi: «Yaxshi xulq yaxshilikning alomatidir». 4. «Ìà’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni tushunish, anglash kerak», — deyiladi «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida. 5. Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur». 6. «Òemur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Òajribamdan ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur». 196-mashq. Ko‘chirma va muallif gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib, ko‘chiring. 1. Odob o‘rgatsalar, quloq sol deydi Yusufiy Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon kabidir. 2. Alisher Navoiy deganlar Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdan qaytma. 3. Navbat o‘ziga kelganda, ayvondan turib Maxdum baqirdi Ra’no, akangning qo‘liga suv quy! (Abdulla Qodiriy) 4. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim, endi aytadigan bo‘ldim. (Asqad Muxtor) 5. Anvarjon ukam dedim unga Siz o‘sishingiz kerak. (Said Ahmad) 6. Otingiz nima edi, singlim? dedi qo‘liga ruchka olib, dastxat yozishga chog‘lanar ekan O‘lmas. (Said Ahmad) 7. Kenjatoyingiz qani? deb so‘radi. Yordam bersa bo‘lmasmidi? (O. Yoqubov) 1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda muallif gapi bilan ko‘chirma gap qanday tinish belgilari bilan ajratilishi haqida so‘zlang. 2. Muallif gapi bilan ko‘chirma gapning o‘rni almashtirilsa, tinish belgilari o‘zgaradimi? 197-mashq. Uyga vazifa. Yozma manbalardan muallif gapi — ko‘chirma gap — muallif gapi qoli pidagi 3 ta misol topib yozing. 6— Ona tili, 9-sinf |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling