N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

1-topshiriq.
Gap qurilmasi ko‘chirma darak gap bilan tugasa, nuqta
qo‘shtirnoq ichiga qo‘yiladimi yoki qo‘shtirnoqdan tashqaridami? Ko‘chirma
gap undov, buyruq gap bo‘lsa-chi? Misollar bilan tushuntiring.
2-topshiriq.
Ko‘chirma darak gap muallif gapidan oldin yoki o‘rtasida
kelsa, ko‘chirma gap oxirida qanday tinish belgisi qo‘yiladi? Ko‘chirma gap
so‘roq, undov gap bo‘lsa-chi? Bu holatlarga misollar keltiring.
Ko‘chirma gaplar (agar matn dialog shaklida bo‘lmasa) doim qo‘shtirnoq
ichida yoziladi. Muallif gapi va ko‘chirma gapning qo‘shma gap tarkibidagi
o‘rniga ko‘ra, tinish belgilarining qo‘llanishi quyidagicha bo‘ladi:
Muallif gapi oldin, ko‘chirma gap keyin joylashganda:
à) darak gap bo‘lsa: Ì: «Ê»;
b) so‘roq gap bo‘lsa: Ì: «Ê?»;
d) buyruq yoki undov gap bo‘lsa: Ì: «Ê!».
Ko‘chirma gap oldin, muallif gapi keyin joylashganda:
à) darak gap bo‘lsa: «Ê», — m;
b) so‘roq gap bo‘lsa: «Ê?», — m;
d) buyruq yoki undov gap bo‘lsa: «Ê!» — m.
Muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida joylashganda:
à) darak gap bo‘lsa: «Ê», — m. — K»; «K, — m, — k»;
b) so‘roq gap bo‘lsa: «Ê?» — m. — K»;
d) buyruq yoki undov gap bo‘lsa: «Ê! — m. — K».
Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida joylashganda:
à) darak gap bo‘lsa: Ì: «Ê» — m;
b) so‘roq gap bo‘lsa: Ì: «Ê?» — m;
d) buyruq yoki undov gap bo‘lsa: Ì: «Ê!» — m.
194-mashq.
Berilgan gaplarda qo‘llanilgan tinish belgilarining vazifalarini sharhlang.
1. Mahmud Koshg‘ariy shunday degan edi: «Belgi bo‘lsa, odam yo‘ldan,
aqli bo‘lsa, so‘zdan adashmaydi». 2. «Voqealar, — deb aytgan edi Mirzo
Ulug‘bek, — samo gumbazining harakatiga qarab emas, odamlarning intilishi
bilan ro‘y beradi». 3. Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: «Inson hayvondan
aql bilan farq qiladi». 4. Anbar Otin aytadi: «Haqiqat so‘zlarin so‘zlaganda,


81
Ani yodlab, qulog‘ingga ilib yur». 5. Abu Nasr Forobiy demishki: «Aqlli
kishi o‘zining butun qobiliyatini va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga,
yomon ishlardan o‘zini saqlashga qaratgan bo‘lmog‘i kerak». 6. «O‘g‘lim, bu
chorakda baholaring qalay?» — so‘radi dadam uyga kelganimda.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling