N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-dars DUNYO TILLARI VA O‘ZBEK TILI
1-topshiriq.
She’rni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. 2-topshiriq. Vatanimiz ravnaqi uchun, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun nimalar qilmoqchiligingizni ayting. 3-topshiriq. Matnni o‘qing. Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Res- publikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo‘lib, o‘rganib-o‘rgatib qaytmoq- dalar. Agar siz Òoshkentdan poyezdga o‘tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo‘lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz. Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlarining esa tamomila 1-dars DUNYO TILLARI VA O‘ZBEK TILI 6 boshqa, ona tilingizga o‘xshamasligining guvohi bo‘lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo‘lmagan tillar qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo‘lgan 7000 ga yaqin til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo‘linadi. Masalan, o‘zbek, turk, turkman, qirg‘iz, qozoq, tatar, uyg‘ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub bo‘lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida erkin rivojlanib, o‘sib bormoqda. 1-mashq. Gaplarni o‘qing, tilning inson hayotida tutgan o‘rni haqida suhbatlashing. 1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. (I.Karimov) 2. Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil. (Alisher Navoiy) 3. Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur. (Abdulla Avloniy) 4. O‘z Vataningga bo‘lgan muhabbatingni o‘z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. (K.Paustovskiy) 5. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Òemur o‘ta biluvchan edi. Ko‘p o‘qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdor edi. (Alfons de Lamartin) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling