N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
10-mashq.
Uyga vazifa. «Men yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdim?» mavzusida hikoya yozing. Undagi so‘z birikmalarini izohlang. GAP BO‘LAKLARI BO‘YICHA O‘TILGANLARNI ÒAKRORLASH 1-topshiriq. Gap bo‘laklari va ularning qanday turlarga bo‘linishi haqida gapiring. 2-topshiriq. Gapning muhim belgisi nima ekanligini ayting. Gap tuzilishida kesimning o‘rni haqida fikr yuriting. 11-mashq. Matnni o‘qing, kesimlarni aniqlab, kesimlik shakllarini izohlang. Amir sog‘ayib, o‘z vazifalarini o‘tashga kirishgandan so‘ng barcha tabiblarga mukofotlar berdi. Shunda Ibn Sino bilan Buxoro amiri Nuh ibn Mansur o‘rtasida shunday muloqot bo‘lib o‘tdi: — Siz, — dedi amir, — bizga yaxshi xizmat qildingiz. Buning evaziga qanday mukofot istaysiz? Agar xohlasangiz, Buxoroyi sharif yaqinidagi qishloqlardan ko‘nglingiz tilaganini sizga in’om etaylik. Yoki shaharda ko‘rkam bir imorat qurib beraylik. Agar oltin-kumush desangiz, bo‘yingizga barobar sochamiz. — Amir hazratlarining marhamatlaridan benihoya minnatdorman, — dedi yosh tabib. – Sizdan bir o‘tinchim bor. Yashamoqqa tayin joyim bor, qilgan mehnatim evaziga kunim o‘tib turibdi. Bo‘yim barobar oltin-kumush 10 menga ortiqchadir, ammo, agar bir xazinangizdan to‘la foydalanishga ruxsat bo‘lsa, bu men uchun katta mukofot bo‘lardi. — Qaysi biridan? — qiziqib so‘radi amir. — Kutubxonadan, — dedi Ibn Sino. (A.Qayumov) 12-mashq. Matnni o‘qing, gaplarning egalarini aniqlang. Ega bilan undalmaning o‘xshash va farqli tomonlarini ayting. Bir kuni yozuvchilar do‘konida Abdulla Qodiriyni uchratdim. — Zarifaxon, asal bermoqdalar, lekin menga kerak emas, bog‘imda asalari bor. Menga tegishli asalni siz oling,— dedilar. Abdulla Qodiriy 20-yillardayoq xalq o‘rtasida mashhur bo‘lgan yozuvchi edi. U Oybekni astoydil hurmat qilar, shu tufayli o‘z nasibasini bizga in’om etmoqchi bo‘lgan edi. (Z. Saidnosirova) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling