N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-mashq. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar ishtirokida to‘rtta gap tuzing. Qanday gap bo‘laklari uyushib kelayotganini ayting. 21-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

20-mashq.
Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar ishtirokida to‘rtta gap tuzing. Qanday
gap bo‘laklari uyushib kelayotganini ayting.
21-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, uyushiq bo‘laklarni aniqlab, ularni izohlang.
Bizning ayollar hazrat Navoiyning kulliyotini tokchalarga terib qo‘yadilar,
g‘avvos bo‘lib bu ummondan fikr gavharini teradilar. Fuzuliy, Bedil va
Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo‘yib uxlaydilar. Xirmon sayli, qovun
sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navro‘z shodiyonalari she’rsiz, bahr-


12
5-dars
u bayt va o‘lanlarsiz o‘tmagan. Piyolalar gardiga, belbog‘lar, dastro‘mollar
hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini yozganlar, kashta qilib
tikkanlar. (M. Alaviya)
22-mashq.
Gaplarni o‘qing, ajratilgan va uyushiq bo‘laklarni topib, izohlang.
Ularda tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling.
1. O‘zbekiston — ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir. (Sayyor) 2. Turnalar
arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga — bulutlar bag‘riga singiydi. (X.
Eshonqulov) 3. Nabiram — Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. (I. Ahrorov)
4. Endi sizlar — aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari
yo‘lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang,
ongimizni boyiting. (A.Muxtorov) 5. Mehnati halol baholansa, yerning sohibi
— dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. (S.Rajabov) 6. Insonni ehtiros
emas, uning buyuk bisoti — aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. (E.Vohidov)
7. Xalqaro savdo yo‘li — Buyuk Ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda
serqatnov bo‘lgan. (B. Ahmedov)
23-mashq.
Matnni o‘qing, uyushiq bo‘laklarni aniqlab, ularni izohlang.
1. Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi
hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi. 2. Ular o‘zlarining eng
nodir asarlarida do‘stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug‘laganlar.
3. O‘zidan yaxshi xotirot qoldirgan inson o‘lgandan keyin ham izzat-ikromga,
xotirlab turishga loyiq. 4. Farzandlarimizga til, kasb o‘rgatishning payida
bo‘laylik. 5. Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa,
hamma faxrlanadi. 6. Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa,
birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak.
(E. Vohidov)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling