N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

33-mashq. 
Matnni o‘qing. Avval sodda gaplarni, so‘ng qo‘shma gaplarni ko‘chiring.
Ularning o‘zaro farqini ayting.
Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so‘zining o‘zagi
ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir
so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va
ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish
mumkin. Amir Òemur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri
ustunlik qilgan bo‘lsa, Ulug‘bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi.
Vatan tuyg‘usi» kitobidan.)


16
34-mashq.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas
kuch» asaridan olingan quyidagi parchani o‘qing. Sodda va qo‘shma gaplarni aniqlang.
Parchada ifodalangan g‘oya haqida so‘zlang.
Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu
ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar
yuksak bo‘ladi...
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi
jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma’naviy
muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar
va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni
yashnatib tursin.
Bu haqda gapirar ekanmiz, ayni vaqtda muhim bir masalaga alohida
e’tibor qaratishimiz lozim. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini,
eng avvalo, O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan bir
hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi
deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan «mo‘jaz
vatan»ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini
aslo kamaytirmaydi. Biroq shuni esda tutish kerakki, haddan tashqari bo‘rttirib
yuborilgan mahalliy vatanparvarlik millatning, xalqning ji pslashuviga xalaqit
beradi.
35-mashq.
Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi hikmatli so‘zlarni sodda va
qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chiring.
Òilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla. Vaqtida
aytiladigan so‘zni asrama, aytmas so‘z tevaragiga yo‘lama. Òiling bilan dilingni
bir tut. So‘zni tilingda pishitmaguncha, tilga olma. Nimaiki ko‘nglingda bo‘lsa,
tilga kelturma. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. Dushman oz deb
g‘ofil bo‘lmaslik kerak, chunki ko‘p o‘tinni ozgina o‘t kuydiradi.
36-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi farqni izohlang.
1. Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi. (Oybek)
2. Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan
tinglang. (Deyl Karnegi). 3. Odamning turli fe’l-atvorli do‘stlari bo‘ladi,
hammasi bilan fe’liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur.
(M.Mahmudov) 4. G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar.
(Maqol) 5. Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko‘cha-
ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi. (G‘afur G‘ulom)


17

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling