N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

7-dars
37-mashq.
Bir fikrni birinchi guruh o‘quvchilari sodda gap orqali, ikkinchi
guruh o‘quvchilari esa qo‘shma gap orqali ifodalasin.
N a m u n a : Men do‘stimning kelganini eshitdim. // Men eshitdimki, dostim
kelibdi.
1. Sodda gap deganda nimani tushunasiz?
2. Qo‘shma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
3. Kesimlik belgisi deganda nimani tushunasiz?
4. Sodda va qo‘shma gaplar bir-biridan qanday farqlanadi?
38-mashq.
Uyga vazifa. «Kim bo‘lsam ekan?» mavzusida hikoya yozing. Unda
qo‘shma gaplardan foydalaning. Sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi farqni izohlang.
QO‘SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI
BOG‘LOVCHI VOSIÒALAR
1-topshiriq.
Quyida berilgan bo‘sh o‘rinlarga muvofiq keladigan gaplarni
qo‘yib ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar
yordamida bog‘langanini ayting.
1)
va
4) , shuning uchun
2) yo
,
yo
5)

, chunki
3) goh

goh
2-topshiriq.
Bog‘lovchilar qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga
yana qanday vazifani bajarishini aniqlang.
Bilib oling. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap
qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat
qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma gap qismlari
quyidagi bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi: 1. Bog‘lovchilar: a)
teng bog‘lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam...,
dam...); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 2. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar:
2— Ona tili, 9-sinf


18
a) bo‘lsa, esa, deb; b) –u (-yu), -da, -ki yuklamalari; d) nisbiy
so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko‘makchili
qurilmalar; f) shart mayli qo‘shimchasi (-sa). 3. Ohang.
39-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish
imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. («Hikmatnoma»dan.) 2. O‘zingga do‘st
tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. (Pifagor) 3. Shuni bilki,
odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. («Qobusnoma») 4. Yaxshi fikr tiniq
uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir. («Òafakkur gulshani») 5. O‘z
tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling