N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

13-dars
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi zidlov bog‘lovchilarini topib,
ularning vazifalarini ayting. 1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko‘klam
biroz noqulay keldi. (Oybek) 2. Gul to‘g‘risida yozganini ko‘rganim yo‘q,
lekin paxta haqida ko‘p yozadi. (Abdulla Qahhor) 3. Yo‘lning ikki chetidagi
g‘alla tovlanardi, ammo ular o‘tgan yillardagi kabi baland emas edi. (Oybek)
4. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said
Ahmad)
2-topshiriq.
Bog‘lovchilarning qanday mazmuniy munosabat
ifodalayotganini ayting. Òinish belgilarini tushuntiring.
Bilib oling. Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini
bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida zidlik munosaba-
ti mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning
ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan
ajratiladi.
Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap
qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik
munosabati mavjudligini bildiradi.
62-mashq.
Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa
bajarayotganini ayting.
1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush
parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam.
(Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo.
(Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni,
biroq O‘tmishingni o‘ylayman bir zum. (A.Oripov)
63-mashq.
Ko‘chiring. Zidlov bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini
almashtirish mumkin bo‘lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring.
1. Soni ko‘p, lekin salmog‘i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz
yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o‘z fikrimni


27
aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni
xohlamayapsiz. (Olimjon Õoldor) 4. Òermometr hamshiraning qo‘lidan
tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad)
5. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho‘lga
qarab ketadilar. (Sh.Õolmirzayev)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling