12-dars
BIRIKÒIRUV BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Ko‘chiring. Biriktiruv bog‘lovchisining tagiga chizing va qanday
vazifa bajarayotganini ayting. 1. Ro‘zimatning rangi o‘zgardi va ko‘zlarida
hamisha o‘ynab turadigan tabassum ifodasi to‘satdan yo‘qoldi. (Abdulla
Qahhor) 2. Pakana yigit uyning ustun va devorlarini chertib, deraza va
eshiklarining bo‘yog‘ini hidlab ko‘rar edi. (Abdulla Qahhor) 3. Ro‘paradagi
g‘orning bag‘ridan qora tutun ko‘tarildi va u yerdan yo‘tal tovushi eshitildi.
(Oybek) 4. Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Òol bargiday dir-dir qaltirar.
(Hamid Olimjon)
2-topshiriq.
Biriktiruv bog‘lovchisining vazifalarini aniqlang.
Bilib oling. Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt, sabab-natija
munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi.
Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda
ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Masalan:
Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Òol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon)
// Anor so‘zlar, (va) natijada Zaynab qalbi Òol bargiday dir-dir qaltirar.
Eslab qoling. Ba’zan -u (-yu), -da yuklamalari ham biriktiruv
bog‘lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi.
57-mashq.
Ko‘chiring. Qismlari biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplarni aniqlab, bu qismlar o‘rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini
ayting.
1. U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a
yetdi, qopni ag‘dardi-yu, muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi. 2. Gulchehra
«piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg‘irining
chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan
gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. Òo‘satdan eshik sharaqlab ochildi va
ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini
endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
(O.Yoqubov)
25
Do'stlaringiz bilan baham: |