N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

58-mashq.
Matnni o‘qing. Biriktiruv bog‘lovchilarini topib, ularning gapdagi
vazifalarini tushuntiring.
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda
yashagan ekan va uning dovrug‘i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-
dubulg‘asiz, qalqonsiz kirarkan hamda bu jangda uning qo‘shini hamisha
g‘alaba qilarkan.
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga qalqon, sovut yasab
beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut
kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «Ey
sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!» – deyishibdi. Sarkarda
bir xo‘rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim
olamdan o‘tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, dubulg‘a edi.
Endi u kishi yo‘qlar...»
59-mashq.
Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchilardan mosini qo‘yib ko‘chiring.
1. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab,
havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko‘pirar tomirlarda qon... portlar hademay
bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom) 3. Kuzning o‘rtalarida havo bir-ikki daf’a
aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u
notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh. Õolmirzayev)
5. Bu yerda uzumzor va yong‘oqzorlar ko‘p edi, ... tog‘ manzarasi ham
boshqacha edi.
60-mashq.
Va  bog‘lovchisi ishtirokida 4 ta qo‘shma gap tuzing. Qo‘shma gap
qismlari o‘rtasida qanday mazmuniy munosabat ifodalanayotganini ayting.
1. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap
qismlarini bog‘laydi?
2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelgan va bog‘lovchisi o‘rnida qaysi
hollarda -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llash mumkinligini aniqlang.
61-mashq.
 Uyga vazifa. O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan bog‘langan qo‘shma
gaplarga 6 ta misol toping. Ularning bog‘lovchi vositalarini aniqlang.


26

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling