N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
47-mashq.
Gaplarni o‘qing, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarzida uch guruhga bo‘lib ko‘chiring. 1. Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. (G‘afur G‘ulom) 2. Og‘ziga kelganini demoq nodon ishi va oldiga kelganini yemoq hayvon ishi. (Alisher Navoiy) 3. Oqil gar so‘z bila so‘zni yopar, Orif o‘shal so‘zda o‘zini topar. (Haydar Õorazmiy) 4. Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. (Nizomiy) 5. Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo. (Firdavsiy) 48-mashq. Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring. Biz ham uning ketidan bozorga kirdik. Zarafshon vodiysida yetishtiriladigan ho‘l-u quruq noz-ne’matlar bari shu yerda. Ranglar-chi, tabiiy ranglar. Tog‘ora-yu savatlarda katta Minorga o‘xshatib terib qo‘yilgan pomidorlar, anjirlar, xirmon qilib uyib tashlangan qovun-tarvuzlardagi oq-u qora, ko‘k-u zangor — olamdagi hamma rang bir-biri bilan rang talashadi. Ulardan taralayotgan muattar hid-chi?! Quyoshning nuri, yerning sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo‘lingizga olib bir hidlasangiz, bemalol qovun polizga borib qaytganning savobini topasiz. (S. Anorboyev) 21 49-mashq. Qo‘shma gaplardan foydalanib, «Kuz keldi – rizq keldi» mavzusida matn tuzing. 1. Qo‘shma gaplar qaysi belgisiga ko‘ra turlarga bo‘linadi? 2. Qismlari teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap sanaladi? 3. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap hisoblanadi? 4. Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap sanaladi? 50-mashq. Uyga vazifa. Rasm asosida «Hashar» mavzusida qo‘shma gaplardan foydalanib insho yozing. Qanday qo‘shma gap turlaridan foydalanganingizni ayting. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling