N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

8—9-darslar. Nazorat ishi
QO‘SHMA GAPLAR ÒASNIFI
1-topshiriq.
Òeng bog‘lovchilar haqida gapiring va ular ishtirokida ikkita
qo‘shma gap tuzing.
2-topshiriq. 
Chunki, shuning uchun bog‘lovchi vositalari ishtirokida bittadan
qo‘shma gap tuzing.
3-topshiriq. 
Berilgan gap qismlari o‘zaro qanday bog‘langanini ayting,
uni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirishga harakat qiling.
Kuz keldi, yig‘im-terim boshlandi.
Bilib oling. Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida
bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi:
1.Bog‘langan qo‘shma gaplar. 2. Ergashgan qo‘shma gaplar. 3. Bog‘lovchisiz
qo‘shma gaplar.
45-mashq.
Gaplarni o‘qing. Qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Ularni guruhlarga
ajrating. Gaplarni nima asosida guruhlarga ajratganingizni ayting.
1. Baraka top, jiyan. Sen borsan, ko‘nglim to‘q. Shu, mashina haydashni
o‘rganib olsang, juda soz bo‘lardi. Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda
qolmaydi, deydilar. (Hakim Nazir) 2. Goh kechalari shamol bo‘riday uvillab
chiqardi, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi. (E. Usmonov) 3. Guli yo‘q
bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. (Maqol)
4. Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi.


20
(O‘. Hoshimov) 5. Yurakda orzum qat-qat, ko‘nglim etadi parvoz. (R. Tolipov)
6. Quyoshli tog‘da qushlarning xush navosi boshlandi. (Sh. Xolmirzayev)
46-mashq.
Matnni o‘qing, qo‘shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang.
O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. Qorong‘i
kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan
gul ham go‘zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar
go‘zalligi ko‘zni qamashtirsa ham puch go‘zallik, shuning uchun bebaqodir.
Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor,
shuning uchun abadiy go‘zallikdir. G‘uncha guldan ham go‘zalroq, chunki
uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor.
(Abdulla Qahhor)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling