N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

5-topshiriq. 
Uyga vazifa. O‘zingiz sevgan badiiy asardan bog‘langan qo‘shma
gaplarga 6 ta misol yozing. Bog‘lovchi vositalarni va qo‘shma gap qismlari
o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni izohlang.
6-topshiriq. 
Gaplarni o‘qing, esa, bo‘lsa bog‘lovchilarining tagiga chizing.
Gaplarni zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga
aylantiring.
1. Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. 2.
Ahmoqning yuragi og‘zida, aqllining tili esa yuragida bo‘ladi. 3. Yomon ot
o‘z egasini chohga qulatadi, yaxshi ot esa o‘z sohibini halokatdan qutqaradi.
4. Nodon mol-dunyo yig‘adi, aqlli odam bo‘lsa boshqalarga yordam berib,
bundan rohatlanadi. 5. Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir.
N a m u n a : Ahmoqning yuragi og‘zida, lekin aqlli odamning tili yuragida
bo‘ladi.
18-dars. Nazorat ishi


35
19-dars
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
ERGASHGAN QO‘SHMA GAP
HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
Berilgan gap qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar
yordamida bog‘langanini aniqlang.
1. Olim bo‘lsang, olam seniki. (Maqol) 2. Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik
insonni kamolotga boshlaydi. («Òafakkur gulshani»)
2-topshiriq.
Yuqoridagi gaplar qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansubligini
va buning sababini ayting.
Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday
bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
84-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni
aniqlab, qo‘shma gap turini ayting.
1. Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman, agar o‘g‘il bo‘lsang,
Kimsanboy qo‘yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz kishilar u yerda
bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3. Hunar ado bo‘lmas
boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish
payida bo‘l. 4. Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon
bo‘lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun
hamisha rost so‘zlashga odatlan.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling