N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

21-dars
92-mashq.
Quyidagi qo‘shma gap qolipida to‘rtta gap tuzing. Qo‘shma gap turini
ayting.
- k i
1. Ergashgan qo‘shma gaplar necha qismdan tashkil topadi?
2. Qanday gapga bosh gap deyiladi?
3. Qanday gapga ergash gap deyiladi?
4. Ergashgan qo‘shma gap qismlari bilan so‘z birikmasi qismlari o‘rtasidagi
o‘xshashlik haqida so‘zlang.
5. Ergashgan qo‘shma gap qoli pini chizing.
93-mashq.
Uyga vazifa. Maqollarning tushirib qoldirilgan qismini tiklang va
qo‘shma gapni izohlang, bog‘lovchi vositalarini tushuntiring.
1. Ona yurting omon bo‘lsa, ... 2. Ish quroling soz bo‘lsa, ... 3. Birni
kessang, ... 4. Er boshiga ish tushsa, ... 5. Qozonga yaqin yursang, ...
6. Yaxshi bilan yursang, ...
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA
BOG‘LOVCHI VOSIÒALAR
1-topshiriq. 
Quyidagi qo‘shma gap qolipida gaplar tuzing.
1) Agar
-sa,
2 )
-ki,
3)
, chunki
4)
shuning uchun
2-topshiriq.
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida
bog‘lanadi:
1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; 2) ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun
shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so‘zlar
(kim – o‘sha, nima —shu, qayer — shu yer va boshqalar); 5) deb so‘zi va
boshqalar.


39
94-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.
(Said Ahmad) 2. Òilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj
bo‘lmasin. (Oybek) 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u maxsus
o‘rganishni talab qiladi. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Agar shu topshiriqni
bajarmasa, obro‘yi bir pul bo‘ladi. (Olimjon Õoldor) 5. Kimki dushmani
bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi. (Õurshid
Davron) 6. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi. (Õurshid
Davron)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling