36
20-dars
ichganday bo‘lmayman. (
O‘. Umarbekov). 4. Majlis vaqtida boshlanmadi,
chunki rais ushlanib qoldi. (
Omon Muxtor) 5. Tilagim shuki, hamma
bilan yaxshi muomalada bo‘ling. (
U. Nazarov)
86-mashq.
O‘qing, ergashgan qo‘shma
gaplarni topib, ko‘chiring. Ergash gapni
bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni
boshqalardan baland tutma. 2.
Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. 3.
Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4. Qo‘rqoq
keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga
shunday jimlik
cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (
O‘. Hoshimov)
87-mashq.
Shuning uchun, chunki bog‘lovchi vositalari ishtirokida to‘rtta qo‘shma
gap tuzing. Qo‘shma gap turini ayting.
1. Qanday qo‘shma gaplarga ergashgan qo‘shma gap deyiladi?
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarga qaysi bog‘lovchilar kiradi?
3
. -ki bog‘lovchi vositasining qanday yozilishini izohlang.
88-mashq.
Uyga vazifa. Matnni ko‘chiring. Ergashgan qo‘shma
gap qismlarini
bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Hikmatning mag‘zini chaqishga urining.
Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo‘l, chunki mulohazakor degan
so‘z ehtiyotkor bo‘lish degandan boshqa narsa emas.
Agar siringni saqlasang,
u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan.
(
Ibn Sino)
Do'stlaringiz bilan baham: