N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 113-mashq. Uyga vazifa .
- MUSTAHKAMLASH
- 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
111-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ergash gapning bosh gapga bog‘lanishiga diqqat qiling. 1. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘l. 2. Ilmsiz inson – mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. 4. Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlarga yozib qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo‘llovchi mash’al, shu tufayli uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta. («Otalar so‘zi») 112-mashq. Shuning uchun, shu sababli, shu tufayli bog‘lovchi vositalari ishtirokida uchta gap yozing. Gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratib yozilganligi sababini izohlang. 45 1. Qanday ergash gaplar bosh gapga ko‘makchili qurilmalar yordamida bog‘lanadi? 2. Ko‘makchili qurilmalar ergashgan gapning qaysi qismida qo‘llaniladi? 113-mashq. Uyga vazifa. Avval uchun, sababli, tufayli ko‘makchilari ishtirok etgan uchta gap yozing. Bu gaplarni shuning uchun, shu sababli, shu tufayli bog‘lovchi vositalari yordami bilan ergashgan gapga aylantiring. Gap tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ayting. MUSTAHKAMLASH Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Qanday gaplar qo‘shma gaplar deyiladi? 2. Qo‘shma gaplarning qanday turlari bor? 3. Qo‘shma gaplarning qismlarini bog‘lovchi vositalar haqida gapiring. 4. Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasidagi munosabat qanday bo‘ladi? 5. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida birikkan qo‘shma gap qismlari qay tarzda munosabatga kirishadi? 6. Qismlari faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarni tavsiflang. 7. Qo‘shma gap tarkibidagi qism (sodda gap)lar yozuvda qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? 8. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplarga misol keltiring. 1-topshiriq. «Qo‘shma gaplarga kim ko‘p misol topadi?» o‘yinini tashkil qiling. Sinf o‘quvchilari 3 guruhga bo‘linadi. Qur’a tashlanib, ularning guruh raqamlari aniqlanadi. So‘ng 5 daqiqa vaqt berilib, 1-guruh bog‘langan qo‘shma gaplarga, 2-guruh bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarga, 3-guruh ergash gapli qo‘shma gaplarga misollar topadi va alohida bir varaqqa raqamlab yozib chiqadi. Misollar yozilgan varaqlar o‘qituvchi tomonidan yig‘ib olinadi va misollar o‘rtada muhokama qilinadi. Eng ko‘p va to‘g‘ri misol topgan guruh g‘olib deb e’lon qilinadi. 2-topshiriq. «Matndagi qo‘shma gaplarni kim tez va to‘g‘ri aniqlaydi?» o‘yinini o‘tkazing. O‘qituvchi «Adabiyot» darslik-majmuasidan shu kunlarda o‘rganilayotgan badiiy asar matnidan ikki betni tanlab, shu betlarda nechta qo‘shma gap mavjudligini e’lon qiladi. Ularni topish va shu qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalarni izohlash uchun o‘quvchilarga 5—7 daqiqa vaqt beradi. O‘quvchilar javobni alohida varaqqa yozadilar. O‘qituvchi dastlabki 10 ta javobni yig‘ib olgandan so‘ng o‘yinni to‘xtatadi. Natijalar e’lon qilinadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling