49
30-dars
kelgunicha baxt. (
Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga
olib kelarsiz. (
Murod Muhammad Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan
ursang,
unga kosov otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman. (
Said Ahmad)
119-mashq.
sa,
qoli piga mos uchta ergashgan qo‘shma gap yozing.
Ergash gapning bosh gapga qanday bog‘lanayotganini izohlang.
120-mashq.
Siz tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo‘lsangiz, bu haqda o‘z
fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating.
1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi. 2. Olma,
olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan
darakdir. 3. Qaldirg‘och pastlab uchsa, yog‘ingarchilik bo‘ladi. 4.
Chinnigul
o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez
suv betiga sapchib chiqsa, yomg‘ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil
qilsa, qish qattiq keladi.
121-mashq.
Ko‘chiring. Ergash
va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bosh gapga
bog‘lovchi vositalarni ayting.
1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (
Maqol) 2. Seni hurmat
qilishlarini
istasang, o‘zingni hurmat qil. («
Òafakkur gulshani») 3. Ichlari
achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (
Abdulla Qahhor) 4. Hurmat
qilsang, hurmat ko‘rasan. (
Maqol) 5.
Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar
teshikdan. (
Maqol)
1. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday
ma’nolarni ifodalaydi?
2. Shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari
qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
122-mashq.
Uyga vazifa. Kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar
bilan ifodalangan
ergash gapli qo‘shma gaplardan iborat bo‘lgan to‘rtta maqol keltiring. Ergash va bosh
gaplarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: