N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
KO‘RSAÒISH OLMOSHILI ERGASHGAN
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini toping va qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ayting. Bilib oling.
KO‘RSAÒISH OLMOSHILI ERGASHGAN
QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. (Parda Òursun) 2. Shunga aminmanki, «Òa’lim to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni 4— Ona tili, 9-sinf 50 yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma’rifat») 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo‘linglar. (Ismoil Òo‘lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. 2-topshiriq. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini toping va qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ayting. Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yukla- masi yordamida bog‘lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi. 123-mashq. Ko‘chiring. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini aniqlang. 1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G‘ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4. Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o‘lchab bo‘lmaydi. (Azim Suyun) 5. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy) 124-mashq. Gaplarni ko‘chiring, bosh gap tarkibida kelgan ko‘rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring. 1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. 2. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, serjahl boshda aql bo‘lmaydi. 4. Shundan ehtiyot bo‘lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasin. 5. Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi. («Sharq hikmatlari»dan.) 125-mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring. 1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z. Saidnosirova) 2. Shunday o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech 51 31-dars bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. (Oybek) N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim. // Baxtim – seni uchratganligim. 126-mashq. «Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshi ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gap tuzsin. Ikkinchi guruh bu gaplarni sodda gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan sanaladi. 1. Ko‘rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo‘llanadi? 2. Bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etganda, uning kesimi qanday shaklda bo‘ladi? 3. -ki yuklamasining vazifalari haqida gapiring. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling