N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarga uchta misol yozing. 2-topshiriq. Bog‘lovchi vositalarning qaysi gap tarkibida qo‘llanayotgani va qanday tinish belgisi bilan yozilayotganini izohlang. Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. 109-mashq. Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Qanday tinish belgisi qo‘yilganini va buning sababini izohlang. 1. Uning bunday odati yo‘q edi, shuning uchun yigit hayron bo‘lib, biroz qarab turibdi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Õoldor) 3. Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo‘q edi, shu bois tag‘in jiddiy ishga kirishib ketdilar. (O.Yusupov) 4. Saodat ko‘pdan beri ashula aytmagan 44 edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo‘shilib ashula aytgisi keldi. (Ibrohim Rahim) 5. O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. (Abdulla Qodiriy) 110-mashq. Berilgan gaplardagi shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi bog‘lovchi vositalar tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini chiqarib tashlab, ko‘makchi holida qo‘llang. Ergash gap kesimi tarkibida qanday o‘zgarish bo‘lganligini izohlang. 1. Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. («G‘uncha») 2. Musavvirlikka menda havas uyg‘ondi, shu sababli uning sirlarini o‘rganishga astoydil bel bog‘ladim. (Said Ahmad) 3. Giyohvandlik — insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda. (Gazetadan.) 4. Beruniy ilm yo‘lidagi hamkorlikni juda qadrlardi, shuning uchun ham o‘z davrining taniqli olimlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan edi. (Mirkarim Osim) 5. O‘qituvchi bolalarni nazmdan xabardor etishni o‘z burchi hisoblardi, shu bois «Guliston» va «Bo‘ston» kabi kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga ruxsat bergan edi. (A.Qayumov) N a m u n a : Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. // Maktabimizda sport klubi faoliyat olib borayotganligi uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling