N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
100-mashq.
Bosh gapga agar bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapga to‘rtta misol topib, agar bog‘lovchisini basharti, mabodo bog‘lovchisiga almashtirib ko‘ring. N a m u n a : Agar boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Basharti boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Mabodo boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. 101-mashq. Gaplarni o‘qing, ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering. Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o‘xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. («Sharq hikmatlari»dan.) 102-mashq. Quyida berilgan gaplarni davom ettiring va bog‘lovchi vositalarning gapdagi vazifalarini tushuntiring. 1. Donishmandlar so‘zni javohirga o‘xshatadilar, chunki... 2. Aytar so‘zingni bilib ayt, chunki... 3. So‘zning lazzati uni gapirishda emas, shuning uchun... 4. Òil shirinligi ko‘ngilga yoqimli, shuning uchun... 5. Har bir kishining so‘zi aqliga yarasha bo‘ladi, shu sababli... 1. Qanday bog‘lovchilarga ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi? 2. Qanday gaplarga ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar deyiladi? 3. Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplarga misollar keltiring. 103-mashq. Uyga vazifa. Bosh gapga toki bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergash gaplarga uchta misol keltiring. Ergash gap qanday ma’no ifodalashini ayting. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling