N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

104-mashq.
Quyida sodda gap juftliklari va ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalar
berilgan. Sodda gaplarni bog‘lovchilarning har biri bilan bog‘lab qo‘shma gaplar
tuzing. Zarur bo‘lganda, gaplarning o‘rnini, so‘zlar va ularning shakllarini o‘zgartiring.
1. Orif aka ko‘targan mavzu chuqurroq edi. Ko‘pchilik indamay o‘tirdi.
2. Baxtim bor. Har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga.
Bog‘lovchi vositalar: shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli,
chunki, negaki, -ki, go‘yo.
Bilib oling. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar o‘zining ma’nosiga mos
ravishda ergash gapga sabab, maqsad, shart, o‘xshatish kabi
ma’nolarni beradi. Shuning uchun ergash gapli qo‘shma gaplar «sabab
ergash gapli qo‘shma gaplar», «maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar» kabi
mazmuniy turlarga ham bo‘linadi.
105-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ergash gaplarda bog‘lovchi vositalar ma’nosiga
muvofiq ifodalangan mazmunni izohlang.
1. Biz shu yo‘lga sodiqmiz, chunki boshqa yo‘l yo‘q. (Sh. Xolmirzayev)
2. U Mingbuloqqa kelganidan xursand, shuning uchun xayollari ham
Mingbuloqdek tiniq edi. (O‘. Umarbekov) 3. Agar gapim noto‘g‘ri bo‘lsa,
isbotlab bersinlar. (Ahmad A’zam) 4. Agar o‘zingda xohish tug‘ilsa, taklifimni
qabul qilishing mumkin. (Tohir Malik) 5. Biz xonalar keng bo‘lsa deymiz,
toki xastalar toza havoga muhtoj bo‘lishmasin. (Tohir Malik) 6. Atrofga sokinlik
cho‘kdi, go‘yo butun shahar, butun o‘lka oromga berilgan edi. (Tohir Malik)
7. Ko‘zlari yarim yumuq, go‘yo kattaroq ochishga majoli yo‘q. (Bahodir
Murod Ali)
106-mashq.
Berilgan qo‘shma gaplardagi shuning uchun bog‘lovchi vositasini chunki
bog‘lovchisi bilan, chunki bog‘lovchisini shuning uchun bilan almashtiring. Bunda
ular tarkibidagi sodda gaplar tartibi, ergash va bosh gaplarning o‘zaro munosabatida
qanday o‘zgarish ro‘y berayotgani haqida xulosa chiqaring.
1. Bu yil cho‘llarda o‘t mo‘l, chunki yomg‘ir ko‘p yog‘di. 2. Kitobni bir
kunga olgan edim, shuning uchun uni shu kechasidayoq o‘qib chiqdim.
3. Choyni damlaganimga ancha bo‘ldi, shuning uchun sovib qolgan bo‘lsa
kerak. 4. Sinfimizda hamma bir jon-u bir tan, shuning uchun bizda qoloqlar
yo‘q. 5. Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi.
107-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Qo‘llangan va qo‘llanmagan shart bog‘lovchilarini
aniqlang, ular qo‘llanganda yuzaga keladigan ma’no kuchayishiga diqqat qiling.


43
24-dars
1. Shuni yodda tutingkim, dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz
yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham
unutilgay. (Õurshid Davron) 2. Õalqim, tarix hukmi seni agarda, Mangu
muzliklarga eltgan bo‘lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding, Mehrim
bermasmidim o‘sha muzlarga?... Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan
farzand bo‘lsa, kechirma aslo! (A.Oripov).
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning ma’nolariga muvofiq qo‘shma gap
mazmunidagi o‘ziga xosliklar haqida gapiring.
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bog‘liq ravishda qo‘shma gap qismlarining
joylashishini tushuntiring.
3. O‘xshatish-chog‘ishtirish mazmuni ifodalangan qo‘shma gaplarga misollar
keltiring.
108-mashq.
Uyga vazifa. Bosh gapga chunki bog‘lovchisi yordamida bog‘langan
ergash gaplarga uchta misol keltiring. Ergash gap qanday ma’no ifodalashini ayting.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling