N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


ERGASHÒIRUVCHI BOG‘LOVCHILI


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

ERGASHÒIRUVCHI BOG‘LOVCHILI
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Qismlari o‘zaro  agar, chunki, toki, go‘yo so‘zlari yordamida
bog‘langan to‘rtta qo‘shma gap tuzing.
2-topshiriq.
Bosh gapga yuqoridagi so‘zlar yordamida bog‘langan ergash
gaplar bosh gapning qanday belgilarini bildirishini ayting.
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi,
sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh  gapga  sabab
(chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo)
ergashtiruvchi bog‘lovchilari, shuningdek,  qiyoslash-chog‘ishtiruv (go‘yo,
go‘yoki, xuddi) yuklama-bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Sabab,
maqsad, qiyoslash-chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida
qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda
ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart
maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan
oldin keladi. Ko‘pincha shart bog‘lovchilari qo‘llanmasa ham, shart mayli
shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi.
99-mashq
. Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni va ergash
gapning qanday ma’no ifodalayotganini ayting.
1. Ozgina hovliqib turishsa ham, cho‘chishsa ham mayliga, negaki keyin
yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha


41
bo‘ladi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Soliqni bermangiz demayman, chunki
sizning itoatingiz menga bundog‘ to‘nlar berar! (Abdulla Qodiriy) 3. Misralarda
so‘zlar gavhar kabi yonadi, go‘yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
(Oybek) 4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa
qaytarilmasin. («G‘uncha») 5. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan
qolgan noyob bu tortiq, Òoki avlodlarga yetolsin omon. (A.Oripov)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling