N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

134-mashq. 
«Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. «Donolar» guruhi ko‘rsatish
olmoshi ishtirok etgan qo‘shma gaplar topsin. «Zukkolar» guruhi bu gaplarni sodda
gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi.
135-mashq.
Berilgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni
tushuntiring.
1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. 2. Kimki
mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3. Shunga ishonch
hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. 4. Kimki tinch yashashni istasa,
pastkash odam bilan hech qachon do‘stlashmaydi. 5. Badanda nimaiki quvvat
bo‘lsa, u tozalik va pokizalikdandir.
136-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ularni sodda gapga aylantiring. Qo‘shma gapni
sodda gapga aylantirish uchun qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.
1. Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. (Abdulla Qahhor)
2. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan
g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimki qanoat qilsa,
uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. (A.Qayumov) 4. Kim alam
chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. (A.Oripov) 5.
Maslahatim shulki, bugun o‘zga bir go‘shaga chekining! (Oybek) 6. Saxiylikni
odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. (E.Vohidov)
1. Qanday ergashgan qo‘shma gaplar sodda gap bilan ma’nodosh bo‘lishi
mumkin?
2. Ergash gapli qo‘shma gap qanday qilib sodda gapga aylantiriladi?
3. Bir ma’noni ifodalagan sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasida qanday uslubiy
farq mavjudligini izohlang.
137-mashq.
 Uyga vazifa. Òarkibida ko‘rsatish olmoshi ishtirok etgan to‘rtta qo‘shma
gap tuzing. Ko‘rsatish olmoshining qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini
aniqlang.


55

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling