N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

35-dars
141-mashq.
«Òopqirlar va zukkolar» o‘yinini tashkil qiling. «Òopqirlar» guruhi
bosh gapining kesimi shuki, shundaki olmoshlari bilan ifodalangan qo‘shma gap
tuzsin. «Zukkolar» guruhi ularni sodda gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa,
yutqizgan hisoblanadi.
1. Qanday gaplar kesim ergash gaplar sanaladi?
2. Kesim ergash gaplar bosh gapga qanday bog‘lovchi vosita yordamida
bog‘lanadi?
3. Yozuvda ergash gap bosh gapdan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
4. Kesim ergash gapli qo‘shma gapning qoli pini chizing.
142-mashq.
 Uyga vazifaVatanni sevishimning boisi shuki, … bosh gapi ishtirokida
bir necha qo‘shma gap tuzing.
N a m u n a : Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim
to‘kilgan muqaddas zamindir.
EGA ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq. 
Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Kimki ilm urug‘ini sepsa, u ulug‘lik mevasini teradi. (Donolar bisotidan.)
2. Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida
kun kechiradi. (Muhammad Ali)
2-topshiriq.
Bosh gapning egasi vazifasida kelayotgan ko‘rsatish olmoshini
aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani izohlang.
Bilib oling. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish
olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap-
ga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so‘zlar
(kim – o‘sha, nima – o‘sha kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida
qo‘llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi.
Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda, ergash gap
kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh
gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog‘langanda esa ega ergash gap bosh
gapdan keyin keladi.


57

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling