34-dars
KESIM ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
shuki, qolipi asosida qo‘shma gap tuzing.
2-topshiriq.
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining qanday gap
bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi
vositani toping.
Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish
olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap-
ga kesim ergash gap deyiladi.
Kesim ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi tarkibidagi -ki
yuklamasi yordamida bog‘lanadi.
138-mashq.
Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Bosh gap kesimining
ifodalanishini tushuntiring.
1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida
ketasiz. (M.Mansurov) 2. Òoleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim.
(Hamid Olimjon) 3. Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. (O. Sharafuddinov) 4. Buning
natijasi shu bo‘ldiki, Òo‘laganning qanshariga musht tushdi. (Abdulla Qahhor)
5. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (G‘afur G‘ulom)
6. Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. (F.Musajonov)
139-mashq.
Bosh gapining kesimi shu, shunday, shunaqa, shunda olmoshlari bilan
ifodalangan to‘rtta qo‘shma gap tuzing. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi olmosh
o‘rniga qo‘yib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.
140-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ergash gapning bosh gapga bog‘lanishiga diqqat
qiling.
1. Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor
etmaydi. 2. O‘tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so‘z odamlarning
qalbini bog‘lovchi zanjirdir. 3. Qisqa gap shuki, odam so‘zi bilan taniladi,
axloqi bilan maqtaladi. 4. Donolarning o‘giti shundayki, so‘zning lazzati uni
gapirishda emas, balki eshitishdadir. 5. Xalqning xulosasi shuki, xudbin
odam hech qachon elga qayishmaydi.
(«Hikmatlar bo‘stoni» kitobidan.)
56
Do'stlaringiz bilan baham: |