65
yomon gaplar aytdi»,— debdi. Shunda podshoh jahl bilan debdi: «Sen aytgan
rost gapdan ko‘ra uning yolg‘oni menga ko‘proq ma’qul tushdi, chunki uning
yolg‘oni xayrxohlik yuzasidan aytilgan edi. Seniki esa jinoyatga boshlash
uchun aytildi». (
Sa’diy)
2-topshiriq.
Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni
aniqlang. Ergash gapning turini ayting.
1.
Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina
telefonogramma tushibdi. (
Murod Muhammad Do‘st) 2.
Bolalarim haftada
bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to‘ladi. (
Said Ahmad) 3.
Yaqin borib
qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma
sochilib yotibdi. (
M. Hazratqulov) 4.
Agar yurakda quvvat bo‘lmasa, qo‘lda
ham quvvat bo‘lmaydi. (
Asqad Muxtor) 5.
Qumri qarasa, onasining qolgan
qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. (
Said Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: