43–44-darslar
167-mashq
. Ko‘chiring. Qo‘shma gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini
izohlang.
1. Kampirning jig‘i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat
paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla
Qahhor) 2. G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. (A.Oripov) 3. Mening
bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A.Oripov)
4. Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi.
(O‘. Hoshimov) 5. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo‘llariga
tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi ... (Abdulla Qahhor) 6. Eshakni
yaydoq minib bo‘lmaydi – yiqiladi kishi. (Abdulla Qahhor)
168-mashq.
O‘qing, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Bog‘lovchisiz
qo‘shma gap qismlarining qanday bog‘lanayotganini tushuntiring.
Bahorning hayotbaxsh damlari madrasaga ham jon kirgizdi. Òo‘rt tomoni
hujralar bilan o‘ralgan sahn o‘rtasidagi sadaqayrag‘och shoxlarida
chumchuqlar chirqillashib, ko‘klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qal-
dirg‘ochlar o‘qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi, chug‘urlaydi, shiftga
osilib uya soladi.
Òomlardagi bug‘doylar boshoq chiqaradi, oralarida lolaqizg‘aldoqlar qip-
qizil bo‘lib ochiladi. (Mirzakalon Ismoiliy)
169-mashq.
Uyga vazifa. Qismlari o‘rtasida zidlik, o‘xshatish munosabati mavjud
bo‘lgan qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing. Ularning o‘rtasiga tinish belgisi qo‘yilish
sababini tushuntiring.
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday ma’no munosabatlari
mavjud?
2. Qaysi hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari yozuvda vergul bilan
ajratiladi?
3. Qaysi hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari yozuvda tire bilan
ajratiladi?
4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qoli pini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |