69
1.
Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi.
2.
Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.
3.
Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.
2-topshiriq.
Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular o‘zaro
qanday
farqlanayotganini izohlang.
1.
Yurt tinch — sen tinch.
2.
Yurt tinch, shuning uchun sen tinch.
3.
Yurt tinch-u, sen tinch.
Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog‘lovchisiz,
bog‘langan va ergashgan qo‘shma
gaplar bilan
ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko‘ra ular bir-biriga ma’nodosh bo‘la
oladi.
170-mashq.
Ko‘chiring. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan
qo‘shma gapga aylantiring.
1. Qor yog‘di – don yog‘di. (
Maqol) 2. Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga
kon olam. (
Usmon Azim) 3.
Ayrilganni ayiq yer, Bo‘linganni bo‘ri yer.
(
Maqol) 4. Yurgan daryo — o‘tirgan bo‘yra. (
Maqol)
N a m u n a :
Qor yog‘di — don yog‘di. // Qor yog‘di, go‘yo don yog‘di.
// Qor yog‘di-yu don yog‘di.
171-mashq.
Gaplarni o‘qing, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan
qo‘shma gaplarga aylantiring.
Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka qo‘l urilmaydi. Bilim
bilan
kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Õalqning
yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi.
Saxovatsiz kishi mevasiz
daraxtdir, mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri
so‘zdir, to‘g‘ri so‘z-la tilingni beza.
(Ahmad Yugnakiy)
N a m u n a :
Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz
daraxtdan ortiq naf kutma.