73
(
Said Ahmad) 3.
Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og‘ziga
qaraydi. (
Parda Tursun) 4.
Borliq jim: har bitta darchada zangor shu’lalar
porlaydi. (
E.Vohidov) 5.
Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo‘ynida uxlab
yotadi. (
Uyg‘un) 6.
Kuchli odamlar hamisha oddiy bo‘ladi. (
Oybek) 7.
Dunyo
go‘zal va unda ko‘rkam joylar ko‘p. (
S. Muhamedov)
2-topshiriq.
O‘qing. Qo‘shma gaplarni toping. Ularni bog‘langan,
ergashgan
va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga ajratib yozing. Qo‘shma
gap qismlarini
bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Onam xursand bo‘ldi-da, meni bag‘riga bosdi.
— Juda astoydil qarabsan. Quyoshning uyg‘onishi sen ta’riflagandan
ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi. Quyosh bosh ko‘tarib chiqayotganda,
tabiat holatini tomosha qilsang, barcha go‘zalliklar ana shu paytda namoyon
bo‘ladi. Dov-daraxtlar, giyohlar uyg‘onadi-yu, quyoshga salom beradi. Bilsang,
tabiat u bilan tirik.
Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo‘ydi va qalbimda
go‘zallikni sevish, xushfe’l, xushtabiatli bo‘lish, ozoda yurish kabi xislatlar
uyg‘ondi.
(
Ibrohim Rahim)
Do'stlaringiz bilan baham: