52-dars
KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR
1-topshiriq.
Matnni o‘qing.
Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar
haqida axborot beribgina qolmasdan, o‘zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni
ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi nutq jarayonida o‘z fikrini dalillash
uchun buyuk shaxslarning gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs
xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalanadi.
Bunday gaplar o‘zganing gapi sanaladi.
Ba’zan o‘zganing gapi aynan keltirilsa, ba’zan u so‘zlovchi tomonidan
shaklan qayta tuzilib, o‘zining gapi shaklida beriladi. O‘zganing gapidan ikki
xil yo‘l bilan foydalaniladi: 1) o‘zganing gapi hech o‘zgarishsiz nutqqa
tayyor holda olib kiriladi; 2) o‘zga gapning mazmuni saqlangan, ammo
shakli o‘zgartirilgan holda nutqqa olib kiriladi. Ularning birinchisi ko‘chirma,
ikkinchisi o‘zlashtirma gap sanaladi.
2-topshiriq.
O‘zganing gapi nutqqa necha xil yo‘l bilan olib kirilishi haqida
so‘zlab bering.
Bilib oling. Hech bir o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o‘zganing gapi
ko‘chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan o‘zganing
gapi esa o‘zlashtirma gap hisoblanadi.
198-mashq.
O‘qing. Avval ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni, so‘ng o‘zlashtirma
gaplarni ko‘chiring.
1. O. Hojiyeva xalqni og‘ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‘ o‘zgarishlar
jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. 2. Amakim
bizga uqtirdi: «Bir-biringiz bilan ahil bo‘linglar!». 3. G‘afur G‘ulom Erkin
Vohidovning mudragan aruzni uyg‘otib yuborganini, uni arab, fors
so‘zlaridan tozalab, sof o‘zbek g‘azalini yaratayotganini gapirdi. 4. Abdulla
Qahhor jilmayib: «Odamzod hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak.
Havas qilgan odam murodiga yetadi», — dedi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |