N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

50–51-darslar
187-mashq.
Matnni davom ettiring. Unda ko‘chirma va muallif gaplaridan
foydalaning.
Qo‘shiq — qalb mulki. U hayotning qalbdagi aks sadosi...
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday qismlardan tashkil topadi?
2. Muallif gapi deb qanday gapga aytiladi?
3. Qanday gapga ko‘chirma gap deyiladi?
188-mashq.
 Uyga vazifa. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing.
Ko‘chirma va muallif gaplarini aniqlang.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLARDA
ÒINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI
1-topshiriq.
Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapdagi muallif gapini turli
o‘rinlarda qo‘llang.
«Biz yagona daraxtning butoqlaridek bir butun bo‘lgan taqdirimizdagina
kuch-qudrat kasb etamiz», — dedi O‘zbekiston xalq shoirasi Halima
Õudoyberdiyeva.
2-topshiriq.
Ko‘chirma va muallif gapining turli o‘rinda joylashishi yozuvda
qanday tinish belgilari bilan ifodalanishini izohlang.
Bilib oling. Muallif gapi (M) va ko‘chirma gap (K) bir-biriga nisbatan
turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari
quyidagicha ishlatiladi:
1) M: «K». M: «K?» M: «K!»
2) M: «K», — m. M: «K?» — m. M: «K!» — m.
3) «K», — m. «K?» — m. «K!» — m.
4) «K, — m, — k».
189-mashq.
O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni tegishli tinish belgilarini
qo‘yib ko‘chiring.
1. Biz tinchlik daraxtini ekdik. Uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan
asrashimiz kerak deydi Muhammad Ali. 2. Millatlarni elatlarni deydi M.
Ulug‘ova buyuk do‘stlik birlashtiradi. 3. Donolar deydi bolaga mehrni buyruq
bilan singdirib bo‘lmaydi. 4. Odamlarning manfaatiga kelsak bu narsa
mustaqillikdan keyin chinakamiga ustuvorlik kasb etdi deydi Anvar Obidjon.


79
190-mashq.
Berilgan gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantiring, ularga muallif gaplarini
qo‘shib ko‘chiring.
1. Mevasi achchiq daraxtni asal bilan sug‘orsang ham, shirin meva
bermaydi. 2. O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kim yo‘q yerda chalingan
kuyga o‘xshaydi. 3. Nodonning vaqti foydasiz o‘tadi. 4. Dangasa odamning
boyligida baraka bo‘lmaydi. 5. Qorinni ovqat to‘ydiradi, aqlni esa hikmat.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling