N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


–56-darslar. Nazorat ishi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

55–56-darslar. Nazorat ishi


88
57-dars
NUÒQ USLUBLARI
NUÒQ USLUBLARI HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
Matnni o‘qing.
Abdulla Qahhorning «Notiq» hikoyasida notiq o‘z uyida turmush o‘rtog‘iga
«O‘rtoq xotin» deb murojaat qiladi. Bu bilan personajning xarakteri ochiladi
va o‘quvchi kulgisini qo‘zg‘atadi. Buning sababi shundaki, ma’lum nutqiy
vaziyat uchun xoslangan uslub boshqa nutqiy vaziyatda qo‘llangan.
Ko‘rinadiki, ona tilimizning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun
uning so‘z boyligi-yu, grammatik qonun-qoidalarini bilishgina kifoya qilmaydi.
Buning uchun adabiy tilimizdan ma’lum nutqiy vaziyatga muvofiq ravishda
foydalana olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lish lozim.
2-topshiriq.
Matnning mazmunini so‘zlab bering.
Bilib oling. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga,
ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq
uslubi hisoblanadi. So‘zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-
xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga
bo‘linadi.
Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan
so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf
so‘zlar sanaladi.
O‘zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1) so‘zlashuv uslubi;
2) publitsistik uslub; 3) ilmiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) badiiy uslub.
Bulardan birinchisi og‘zaki; qolganlari yozma nutqqa xosdir.
Tilshunoslikning nutq uslublarini o‘rganuvchi sohasi uslubshunoslik
deyiladi.
210-mashq.
O‘qing. Matnning qaysi uslubga mansubligini ayting va uslubiy xoslangan
so‘zlarni aniqlang.


89
Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan
biridir. Bunga muvofiq, har qanday toza modda, olinish usulidan qat’i nazar,
o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi. Masalan, karbonat angidrid
ko‘p xil usullar bilan sintez qilinishi mumkin: 1) uglerod; 2) karbonatlarga
kislotalar ta’sir ettirish orqali va boshqalar.
Kimyo» darsligidan.)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling