N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
178-mashq.
Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi muallif gapi va ko‘chirma gaplarni ajrating. Òinish belgilarini izohlang. Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi: «Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman». Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o‘lgani yaxshi». 179-mashq. Matnni o‘qing, ko‘chirma gaplarni aniqlang, ularning muallif gapidan farqini tushuntiring. Bir kishi ulug‘ bir hakimning ziyofatiga bordi. U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi va so‘z orasida: «Ko‘p so‘zladim. Endi so‘zlashni 76 49-dars bas qilay»,— dedi. Hakim unga e’tiroz bildirdi: «Yo‘q, sen hali so‘z so‘zlaganing yo‘q!» Dag‘al tillar go‘zal so‘zlar bunyod etmas, Òo‘ti hech vaqt qarg‘a nutqin irod etmas. («Òo‘tinoma») 180-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularning joylashish o‘rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e’tibor bering. Payg‘ambardan bir kishi so‘rabdi: «Ey Rasululloh, men kimni hurmat qilay?» «O‘z onangni», — deb javob beribdi Payg‘ambar. U yana so‘rabdi: «Onamdan boshqa yana kimni?» Payg‘ambar: «Onangni», — deb javob beribdi. Haligi kishi uchinchi marta so‘raganida ham «Onangni» degan javobni olibdi. U to‘rtinchi marta o‘z savolini qaytarganida, Payg‘ambar: «O‘z otangni, so‘ngra yaqinlaringni va qarindoshlaringni», — deb javob beribdi. (Hadis) 181-mashq. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘rtta misol keltirib, ko‘chirma gapning o‘rni va tinish belgilarini izohlang. 1. Qanday gaplarga ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi? 2. Ko‘chirma gaplar qanday tinish belgisi bilan yoziladi? 3. Muallif gapi va ko‘chirma gapning joylashishi haqida gapiring. 182-mashq. Uyga vazifa. O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qanday tinish belgilari ishlatilganini ayting. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling