N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

221-mashq.
Matnni o‘qing, publitsistik uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni toping. Siz
ham bahorgi ishlar haqida kichik hikoya yozing.
Bu yil bahorni juda-juda sog‘indik. Ayniqsa, yanvarning izg‘irinli, ayozli
kunlarida ko‘klamning qadri juda bilindi.
Mana, bobo quyosh charaqlab, kunlar iliy boshladi. Ona zamin qish
uyqusidan uyg‘ondi. Odamlarning bahri dili ochilib, kayfiyatlari ko‘tarilib,
bahorgi tashvishlarga sho‘ng‘ib ketishdi. Hammaning niyati yaxshi, ularni
qulay imkoniyatdan foydalanish istagi chulg‘ab olgan.
Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog‘dagi qor zaxirasidan xursand — bu
yil obi hayot mo‘l bo‘lishidan umidvor. Dalalar esa xamirturushdek ko‘p-
chib turibdi. Dehqon yerga tezroq baraka urug‘ini qadash umidida yonmoqda.
(I. Normatov)


94
222-mashq. 
Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Uning qaysi nutq uslubiga
mansubligini va bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
Vatan, istiqlol, ma’naviyat... Bu so‘zlar inson ongidagi eng buyuk
tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so‘zlardir. Agar insonda shu so‘zlarning
birontasi yo‘q bo‘lsa, hayotining qayeridir kemtik bo‘lib turaveradi.
O‘zbekning mungli ko‘zlariga shodlik, qadoq qo‘llariga qut-baraka, be-
zovta qalbiga orom, osmoniga tinchlik ulashgan shu so‘zlar, eng avvalo,
Istiqlol emasmi?! Istiqlol tufayli uning egik boshi baland ko‘tarildi, mag‘rur
ovozi olam uzra jaranglay boshladi.
Endi istiqlol tug‘ini zabardast qo‘llarda mahkam ushlab, uni mus-
tahkamlash, Vatan ravnaqi uchun kurashish eng oliy baxtdir.
(Z. Akbarova)
223-mashq.
Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Uning qaysi nutq uslubiga
mansubligini va uslubiy belgisini aniqlang.
Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi.
Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak
chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi.
Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi.
Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi.
Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi.
Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari
halak.
Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni
entiktiruvchi «qurey-qurey»lari osmonni tutadi...
(M. Mahmudov)
224-mashq.
«Òabiatni asrang» mavzusida publitsistik uslubda matn tuzing.
1. Qanday uslubga publitsistik uslub deyiladi?
2. Publitsistik uslubning qanday shakllarini bilasiz?
3. Publitsistik uslubning muhim xususiyati nimalardan iborat?
225-mashq. 
Uyga vazifa. Maktabingiz hayoti haqida gazetaga maqola yozing, uning
uslubiy belgilarini ayting.


95

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling