99
farmoyish). 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza,
bayonnoma, dalolatnoma,
ishonchnoma,
tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat,
tushuntirish xati, e’lon va
boshqalar). 4. Õizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
Ish yuritish hujjatlarining har bir turi o‘ziga
xos nutqiy qoliplarga
ega. Masalan, xizmat yozishmalarida quyidagi qoliplar ko‘proq uchraydi:
1) «Sizga ...ni ma’lum qilaman(miz)//
bildiraman(miz)//
eslataman(miz)»;
2) «...ga rozilik bildiradi//
kafolat beradi//
qarshi emas»
yoki farmoyish hujjatlarda gap kesimlari «tayinlansin», «topshirilsin» kabi
majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi.
236-mashq.
Ko‘chiring. O‘ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.
Samarqand shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi
direktori K. Komilovga
9-sinf o‘quvchisi H. Akbarovdan
ARIZA
Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 9-«a» sinfiga o‘tkazishingizni
so‘rayman.
(Sana)
(imzo)
H. Akbarov
237-mashq.
Ko‘chiring. Matnning o‘ziga xos uslubiy belgilarini aniqlang.
¹100
201__-yil 30-aprel
MA’LUMOTNOMA
Hakim Salimovich Olimov haqiqatan ham Xiva tumanidagi 10-umumiy
o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida o‘qiydi.
Ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
Maktab direktori: (imzo)
S. Hoshimov