N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-mashq. Bog‘langan, ergashgan, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga bittadan misol keltiring. Ularning bir-biridan farqini ayting. 253-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

252-mashq.
Bog‘langan, ergashgan, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga bittadan misol
keltiring. Ularning bir-biridan farqini ayting.
253-mashq.
Matnni ko‘chiring, qo‘shma gaplarni izohlang.
...Qiblagohim o‘rmon kesib yurib, qish chillasida o‘rmon ichida yolg‘iz
o‘zi qolib ketibdi. Qor degani odamning tizzasidan kelar, sovuq esa yuz-
qo‘lni chaqib olar ekan. Qorni och, yegani hech vaqo yo‘q ekan. Bechora
o‘rmon chetini izlab o‘zini har yoqqa uribdi va holdan toyib yiqilib qolibdi.
Shu payt ko‘ksiga beozor botib turgan narsa – tuproqli tumori yodiga
tushibdi. Uvushib qolgan qo‘lini bir amallab qo‘yniga tiqib, tumorini olibdi.
Òana taftidan issiq holga kelgan tuproqdan bir chimdim olib, og‘ziga tashlabdi.
Òuproqni qancha chaynasa ham, u hech g‘ichirlamabdi. Shunaqa mazali
tuyulibdiki, go‘yo endigina tandirdan uzilgan nonning ta’mi kelar ekan.
Chaynagani sari tanasiga issiqlik yugurib, o‘zida quvvat sezibdi... Odamlar
yashaydigan yerga yetib, omon qolibdi. Shunda ona tuproqning mo‘jizasiga
qoyil qolibdi. (Nabi Jaloliddin)
254-mashq.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga
aylantiring, o‘zaro farqini tushuntiring.
Sen — Navoiy, sen — Furqat, sen — ruhlar armonisan,
Sen buyuk munajjimning yulduzga narvonisan,
Boburning Andijonga yetmagan karvonisan,
Bosh qo‘yib sig‘inganim — Makkamsan o‘zing, elim,
Izlab-izlab topganim, yakkamsan o‘zing, elim.
Quyoshingni topolding, endi tole inmagay,
Umidlar piyolasi toshga tegib sinmagay,
Hayhot, tulporlaringni yosumanlar minmagay,
Ey munis onajonim, ey qayta tirilganim,
Ko‘ksida toshlar erib, o‘z qadrini bilganim.
Men qadoq qo‘llaringga yuragimni tutarman,
Har bir qarich yeringni ko‘zlarimga surtarman,
Erkingni bir umrga dildan kuylab o‘tarman,
Muqaddas sajdagohim, dunyoyim, borim, elim,
Shavkatim-shonim o‘zing, nomus-u orim, elim!
(Shuhrat Orif)


110

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling