N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

Bog‘langan qo‘shma gap — qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘z-
lari,-u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gap.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap — tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lib, maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida
bog‘langan qo‘shma gap.
Ergashgan qo‘shma gap — qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki
shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gap.
Qo‘shma gap — ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik
va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan
butunlik.
Ilmiy uslub — daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga
asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi,
fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub.
Ko‘chirma gap — birovning aynan keltirilgan yoki o‘zganing hech
o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi.
Muallif gapi — so‘zlovchining gapi.
Nisbiy so‘zlar — ergash gap tarkibida qo‘llaniluvchi kim, nima, qancha,
qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga
javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi
olmoshlar, bir-biriga nisbatan qo‘llaniluvchi, biri ikkinchisini taqozo etuvchi
so‘zlar.
Rasmiy uslub — adabiy tilning rasmiy yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan
nutqiy qoli p, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq
uslubi.
Publitsistik uslub — ommaviy axborot vositalari uslubi.


121
Sodda gap — bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega
bo‘lgan gap.
So‘zlashuv uslubi — oilada, ko‘cha-ko‘yda, norasmiy vaziyatlarda
kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling