N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

24-mashq.
 Uyga vazifa. «Kitoblar olamida» mavzusida insho yozing. Unda ishlatilgan
uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni aniqlang. Qanday bo‘laklar uyushganini ayting.
 UNDALMALI VA KIRISH SO‘ZLI GAPLAR
 BO‘YICHA O‘TILGANLARNI ÒAKRORLASH
1-topshiriq.
Undalma haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.
2-topshiriq.
Kirish so‘zlar va ularning ma’nolari haqida gapiring.


13
25-mashq.
Matnni o‘qing, undagi undalmalarni aniqlang. Egadan nima bilan farq
qilishini ayting. Òinish belgilarining qo‘yilish sabablarini izohlang.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
(E.Vohidov)
26-mashq.
Matnni o‘qing. Kirish so‘zlarni aniqlang. Ularda ishlatilgan tinish
belgilarining qo‘yilish sababini izohlang.
1. Axir, oriyat o‘zbekning vijdoni emasmi? (P. Qodirov) 2. Ayol kishiga,
avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. (O. Yoqubov) 3. Komila,
nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. (Oybek)
4. Umuman, odam bolasi tug‘ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi.
(A. Oripov) 5. Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi. (R. Ibrohimova) 6. Kuchli
shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga
ham zarar keltiradi. (M. Saidov)
27-mashq.
She’riy parchani o‘qing. Undalma va kirish so‘zlarni aniqlab, tinish
belgilarining qo‘yilishini tushuntiring. She’rdagi g‘oya haqida gapiring.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. (A.Oripov)
28-mashq.
Boshqotirmani to‘g‘ri yechsangiz, gaplarda tushirib qoldirilgan undalma
va kirish so‘zlarni topasiz.
1
2
3
4
5
x
x
b
o
q
t
s
n
l
m
n
i
l


14
1. ... , Azizxon polvon ishlaydigan joyni ko‘rsatib qo‘ymaysanmi? – dedi
Ummatali yalingandek. (Said Ahmad) 2. Sen charchading, ..., manavi tol
tagida o‘tirib tur, men o‘g‘lingni topib kelay. (Said Ahmad) 3. ... , rejadagi
ishlarimizni bajarib bo‘ldik. 4. ... , siz Aziz polvonning dadasimisiz? Darrov
tanidim. (Said Ahmad) 5. ... , men kitobni o‘qib bo‘ldim.
29-mashq.
Undalmalar va kirish so‘zlarni toping, tinish belgilarining ishlatilishini
izohlang.
1. Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. (Tog‘ay Murod) 2.
Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi. (S.
Abdullayeva) 3. Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. (B.
Ahmedov) 4. O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding, bulbuljon? (Yo‘ldosh
Sulaymon) 5. Afsuski, hayotimizda o‘zgarishlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan
kimsalar hamon uchramoqda. (E. Vohidov) 6. Yaxshi, bolam, yaxshi!
Ko‘pning nazaridan qolma. (Shuhrat)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling