N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

13-mashq. 
Saxiylik haqida 4 ta gap tuzing. Ulardagi hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchilarni
topib, sintaktik shakllarini tushuntiring.
14-mashq. 
Matnni o‘qing, gap bo‘laklarini aniqlab, ularga izoh bering.
Buyuk bir donishmand odamzodning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini
bir uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq: odam, to‘ng‘iz va arslonga o‘xshatgan
ekan. U odam deganda aql-idrokni, to‘ng‘iz deganda insonning chirkin
istaklarini, arslon deganda esa qahr-u g‘azabini nazarda tutibdi. Bu uch
maxluqning qaysi biri zo‘r chiqsa, qamalgan uyda o‘sha ustunlik qilar
emish. Bu qissadan hissa shuki, to‘ng‘iz bilan arslon, ya’ni tuban ehtiroslar
qanchalik zo‘r bo‘lmasin, aql-idrok, baribir, yenggusidir. (O.Yoqubov)
15-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, gap bo‘laklarining tagiga chizing.
1. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l, Odamlar aybini ko‘rma,
o‘z aybingni ko‘r. (Yusuf Õos Hojib) 2. Inson go‘zalligining asosi uning
chiroyli xulqidir. (Õurramiy) 3. Muloyimlik – rizq sari yetaklovchi kalit.
(Muhammad Zehniy) 4. O‘z gunohingni so‘rab eldin o‘tin, Nafrat o‘ti ichra
bo‘lmasdin o‘tin. (Anbar Otin) 5. Muruvvat birla jonni nisor et, Hamisha
yaxshilikni shior et. (Sayqaliy)
16-mashq
. Baytni yodlang, undagi g‘oya to‘g‘risida bahslashing. Gap bo‘laklarining
qaysi so‘z turkumlari orqali ifodalanayotganini ayting.
Har kishi el uchun tortsa agar ranj,
Oqibat muyassar bo‘lar unga ganj. (Majididdin Õavofiy)


11
4-dars
17-mashq.
Uyga vazifa. Òildan o‘rinli foydalanish haqida to‘rtta maqol
yozing. Gap bo‘laklarining ostiga chizing.
UYUSHIQ VA AJRAÒILGAN BO‘LAKLAR
BO‘YICHA O‘TILGANLARNI ÒAKRORLASH
1-topshiriq.
Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar haqida gapiring.
2-topshiriq. 
Umumlashtiruvchi so‘zlar qatnashgan uyushiq bo‘lakli gaplarga
misollar keltiring. Òinish belgilarining qo‘yilish sabablarini tushuntiring.
18-mashq.
Matnni o‘qing. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni toping. Qaysi bo‘laklar
uyushib kelayotganini aniqlang.
Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘-
lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli,
sadoqatli do‘stlari — safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni
faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Har bir odamning do‘stlari oldida burch
va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof
etmaydilar, tan olmaydilar. Har bir odam do‘stlaridan shu burch va
mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi. (M. Mahmudov)
19-mashq.
Matnni o‘qing. Uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zlarni topib,
tinish belgilarini izohlang. Qanday bo‘laklar uyushganini ayting va ularda sintaktik
shakllarning qo‘llanilishi haqida fikr yuriting.
Istiqlol epkinlari iste’dod chashmalarining ko‘zini ochayotir. Vatanning
kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo
etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Iste’dodli
shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil Òo‘xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat
Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlari bilan
kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. (U.Normatov)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling