N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-dars 8-mashq.
2-topshiriq.
Ajratilgan birikmalarda tobe so‘zlarning hokim so‘zga bog‘la- nish turlarini aniqlang. 5-mashq. Matnni o‘qing. Gaplarni so‘z birikmalariga ajrating. Òobe so‘zning hokim so‘zga qanday vosita yordamida bog‘lanayotganini va bog‘lanish turini aniqlang. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar. Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov) 6-mashq. Gaplarni ko‘chiring, so‘z birikmalarini aniqlab, ularni izohlang. 1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy) 2. Bilimsiz kishining ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi. (Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir. (Alisher Navoiy) 4. Ilm ibodatdan afzal. (Hadis) 5. Ilm asosiga qurilmagan ulug‘likning oxiri xorlikdir. (Yusuf Õos Hojib) 7-mashq. Odob, axloq haqida to‘rtta gap tuzing. So‘z birikmalarini aniqlab, ularni boshqaruvli, moslashuvli, bitishuvli birikmalarga ajrating. 9 3-dars 8-mashq. Matnni o‘qing, so‘z birikmalarini aniqlab, hokim so‘zning tobe so‘zga bog‘lanish usullariga diqqat qiling. Bir kishining bir necha o‘g‘illari bo‘lib, ular tez-tez o‘zaro nizo qilib turishardi. Bir kuni ota bir dasta cho‘p yig‘ib, mahkam qilib bog‘ladi va o‘g‘illariga berib: «Qani, shu cho‘plarni sindiringlar-chi!» —dedi. O‘g‘illar har qancha urinishmasin, uni sindira olmadilar. Shunda ota bog‘langan cho‘plarni yechdi va bir donadan o‘g‘illariga berdi hamda sindirishni buyurdi. O‘g‘illar cho‘plarni osonlik bilan sindirib tashladilar. Shunda ota o‘g‘illariga qarab: «Hozir nimani ko‘rgan bo‘lsangiz, sizning ahvolingizga misol. Agar ittifoqda bo‘lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi», — dedi. («Hikmatnoma»dan.) 9-mashq. Qaratuvchi-qaralmish munosabatini bildiruvchi so‘z birikmalari tuzing. Undagi qaratuvchi va qaralmish shakllarining qo‘llanilishini izohlang. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling