N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi
XI-bob ER MONITORINGIDA UCHUVCHISIZ UCHISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer
XI-bob ER MONITORINGIDA UCHUVCHISIZ UCHISH QURILMA(DRON)LARNI QO`LLASH. 1. Davergeodezkadastr qo‘mitasi tizimida foydalaniladigan zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalari to‘g‘risida. 2. Qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida uchuvchisiz uchish qurilmalari(dronlar) dan foydalanish. 3. Geodeziya, kartografiya va kadastri ishlarida inovatsion texnalogiyalarni joriy etish. Tayanch so‘zlar: A6Plus, MCA6 Spray Drone, Pter GI davriy, mavsumiy, sutkalik. Hozirgi paytda O„zbekiston hududida rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishni targ„ib 132 etishda, O„zbekiston Respublikasi Davergeodezkadastr qo„mitasi hamda qo„mita tizimidagi ''Geoinformkadastr'' davlat unitar korhonasi tamonidan zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish, ulardan samarali foydalanish bo`yicha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan tashqari “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan hozirgi paytda foydalanilayotgan zamonaviy texnalogiyalar A6Plus, MCA6 Spray Drone, Pter GI, Phantom 4PRO uchuvchisiz uchish qurilma (dron) lari bunga misoldir. Hozirgi paytda mamlakatimizda har bir sohada inovaiston texnalogiyalarni qo`llagan holda, yangicha uslublarni ishlab chiqarish, qilinadigan ishlarni sifatini yaxshilash va vaqqtdan unumli foydalanishborasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. SHu jumladan “Daverkadastr” qo`mitasi tuzumidagi “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan yangi zamonaviy texnalogiyalarni, ya`ni uchuvchisiz uchirish qurilmalaridan geodeziya, kadastr va kartografiya ishlarida foydalanish orqali bu sohalarda erishilayotgan yutuqlarni ilmiy tadqiqot ishlari orqali matbuotda yoritilib borilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qaroroga muofiq, O„zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar(uchuvchisiz uchish qurilmalar) eksplutatsiyasi tartibi to„gg„risidagi Nizom tasdiqlangan. 133 SHuningdek uchuvchisiz uchish qurilmalar parvozi havo kemalari parvozi uchun maxsus hududlarda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Ucuvchisiz uchish qurilmalar parvozi nazorati – O„zbekiston Respublikasining parvozlae xavfsizligini nazorat qilish bo„yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O„zbekiston Respublikasi Mahkamasining 2017 yil 14-martdagi 258-F- sonli “Qishloq xujaligiekinlarini manitoring qilish,xududni kartografiyalashda texnik va texnalogik ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangilashni amalga oshirish tuo„g„risida”gi Farmoyishga asoslangan holda, O„zbekiston hududida rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish targ„ib qilinmoqda. Hozirda O„zbekiston xududida rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishni targ„ib etishda, O„zbekiston Respublikasi Davlargeodezkadastr qumitasi hamda qumita tizimidan “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish, ulardan samarali foydalanish bo`yicha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan xozirda foydalanilayotgan zamonaviy texnalogiyalar A6 Plus, MCA6Spray Drone, Pteryo CI, Phantom 4PRO uchuvchisiz uchish qurilmalari xaraktristikasi 1-jadvalda berilgan. O„zbekiston Respublikasi Prizdenti SH.M.Mirziyoev 2017 yil 21-22 iyul kuni Toshkent viloyati faollar bilan uchrashuv davomida, qishloq xujaligi er maydonlarini manitoringdan o„tkazish ishlarining taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, taqdimotda uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida er maydonlarini o„lchash, malumotlarni elektron bazaga kiritish, er maydonlarini aerofotosyomka qilishga e'tibor qaratilganligi va zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalarini yurtimizga jalb etish, ulardan foydalanish bo„yicha bir qancha tafsiyalar berildi. O„zbekistonda foydalinayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalari (dronlar) xarakteristikasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling