N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNLI FONEMALAR VA ULARNING TASNIFI reja: 1. Tarif. 2. Tasnif. 3. Tavsif. 4. Xulosa.
Lug'at:
Phone – grekcha: tovush. Acustikos – grekcha: eshitilish. Amplitudo – lotincha: ko'lam. Timbre – fransuzcha: tovush bo'yog'i, sifati; bo'yoqdorlik. Oberton – nemischa: qo'shimcha ohang. Sillabemos – grekcha: bo'g'inga teng ma'nosida. Aksentema – lotincha: urg'u. Intonema – lotincha: baland tovush bilan talaffuz etish. 7- mavzu. UNLI FONEMALAR VA ULARNING TASNIFI reja: 1. Ta'rif. 2. Tasnif. 3. Tavsif. 4. Xulosa. Fonetikaning unli fonemalar tizimini o'rganadigan qismi vokalizm deyiladi. O'pkadan chiqayotgan havo oqimining bo'g'iz bo'shlig'ida nutq a'zolarining qarshiligiga uchramasdan, nutq paychalarining tebranishidan hosil bo'ladigan va faqat un (ovoz) dangina iborat bo'lgan nutq tovushlariga unli fonemalar deyiladi. O'zbek tilida 6 ta unli fonema bor: i, e, a, u, o', o. Unli fonemalar akustik tomondan ovozning ustunligi, fiziologik jihatdan og'izning ochilish darajasi hamda lablar va tilning harakati, vaziyati bilan xarakterlanadi. Ular og'iz bo'shlig'ida tusga kiradigan sof ovozdangina iboratdir. Unli fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko'ra tasnif qilinadi. 1. Og'izning ochilish darajasiga ko'ra; 2. Tilning vertikal harakatiga ko'ra; 3. Tilning gorizontal harakatiga ko'ra; 4. Lablarning ishtirokiga ko'ra; Og'izning ochilish darajasiga ko'ra unli fonemalar 3 xususiyatga ega bo'ladi: 1) tor: i, u. 2) o'rta keng: e, o'. 3) keng unlilar: a, o. Tilning vertikal (yuqori va quyi) harakatiga ko'ra unlilar 3 ga ajratiladi: 1) yuqori ko'tarilish unlilari: i, u. 2) o'rta ko'tarilish unlilari: e, o'. 3) quyi ko'tarilish unlilari: a, o. Tilning gorizontal (old va orqa) harakatiga ko'ra unlilar 2 xil: 1) til oldi unlilari: i, e, a; 2) til orqa unlilari: u, o', o. Lablarning ishtirokiga ko'ra unli fonemalar lablangan (u, o') va lablan-magan (i, e, a) unlilarga ajratiladi. Lablangan unlilar talaffuzida lablar oldinga qarab cho'ziladi (cho'chchayadi). Bu holat lablanish (labializatsiya) deyiladi. o unlisi u va o' unlilariga yaqin talaffuz qilinganligi bois yarim lablangan hisoblanadi. Unlilarning tasnifini jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin: i u Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling