N. raimnazarova
A – quyi ko'tarilish, keng, lablanmagan old qator unli; U
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarif. 2. Tasnif. 3. Tavsif. 4. Xulosa.
A – quyi ko'tarilish, keng, lablanmagan old qator unli;
U – yuqori ko'tarilish, tor, lablangan, orqa qator unli; O' – o'rta ko'tarilish, o'rtakeng, lablangan, orqa qator unli; O – quyi ko'tarilish, keng, lablanmagan, orqa qator unli. 8- mavzu. UNDOSH FONEMALAR VA ULARNING TASNIFI reja: 1. Ta'rif. 2. Tasnif. 3. Tavsif. 4. Xulosa. Fonetikaning undosh fonemalar tizimini o'rganadigan qismi konsonantizm deyiladi. O'pkadan chiqayotgan havo oqimining nutq a'zolaridan birining qarshiligiga uchrashidan hamda ovoz va shovqinning ishtirokidan hosil bo'l-gan nutq tovushlariga undosh fonemalar deyiladi. O'zbek tilida undosh fonemalar 23 ta: b, v, g, d, j, z, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h. Ular quyidagi xususiyatlariga ko'ra tasnif qilinadi: 1. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra; 2. Artikulyatsiya usuli yoki hosil bo'lish usuliga ko'ra; 3. Artikulyatsiya o'rni yoki hosil bo'lish o'rniga ko'ra. Undosh fonemalar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra dastlab ikki yirik guruhga bo'linadi: shovqinlilar va sonorlar. Undosh tovushlarning bunday bo'linishi tovush tarkibidagi ovoz yoki shovqinning miqdoriga ko'ra belgilanadi, chunki undosh tovushlar unli tovushlardan farqli ravishda faqat ovozdangina iborat emas. Ularda nutq a'zolarining havo oqimi ta'sirida hosil bo'lgan shovqin ham mavjud bo'ladi. Tovush tarkibida ovoz va shovqinning qay darajada ekanligi shovqinli va sonorlar zidligini keltirib chiqaradi. Tarkibida ovozga nisbatan shovqin kuchli bo'lgan undosh fonemalarga shovqinli undoshlar deyiladi. Shovqinli undoshlar hosil bo'lishda nutq a'zolarining qarshiligiga kuchliroq uchraydi, ana shu to'siq sof ovozga shovqin qo'shadi. Buni sekin esayotgan shamolning daraxt barglariga tegib, ularni tebratishi natijasida hosil bo'ladigan shitirlash ovoziga qiyos qilish mumkin. Shovqinli undoshlar quyidagilar: b, v, d, g, j, z, y, k, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h. Tarkibida shovqinga nisbatan ovoz kuchliroq bo'lgan undoshlarga sonor undoshlar deyiladi. Sonor undoshlarni talaffuz qilish jarayonida ham havo oqimi ma'lum darajada nutq a'zolari qarshiligiga uchraydi, lekin to'siq kuch-siz bo'ladi, havo oqimi uchun og'iz yoki burun bo'shlig'ida ma'lum oraliq mavjud bo'ladi. Sonorlar quyidagilar: m, n, ng, l, r. Sonor undoshlarni ayrim grammatik adabiyotlarda yarim unlilar ham deb yuritiladi, chunki ayrim tillarda sonorlar unli fonemalar kabi bo'g'in hosil qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, rus tilidagi справка so'zida so'z bo'g'inlari справ-ка tarzida emas, balki сип-рав-ка yoki ис-па-рав-ка tarzida ajratiladi. Sonor undoshlar hosil bo'lishda boshqa undoshlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatga ega, chunki burun undoshlari deb yuritiladigan m, n, ng undosh-larini talaffuz qilishda havo oqimi uchun burun bo'shlig'ida biroz oraliq joy hosil bo'lsa, y undoshi talaffuzida tilning ikki yon tomonidan, r undoshida esa til uchining alveollarga tegib titrashidan havo oqimi erkin o'tadi. Shu-ning uchun y undoshini yon tovush, r undoshini esa titroq tovush deb yuritiladi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra shovqinli undoshlarning yana ikkiga – jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi. Sababi shundaki, jarangli undoshlarda jarangsiz undoshlarga nisbatan ham ovoz kuchliroq bo'ladi yoki, aksincha, jarangsiz undoshlarda jarangli undoshlarga nisbatan shovqin kuchli bo'ladi. Jarangli va jarangsiz undoshlar odatda o'z juftlariga ega bo'ladi: Jarangli undoshlar: b, d, z, v, g, j, g', j; Jarangsiz undoshlar: p, t, s, f, k, sh, x, ch kabi. Undosh fonemalar artikulyatsiya usuli yoki hosil bo'lish usuliga ko'ra: a) portlovchi undoshlar; b) sirg'aluvchi undoshlar; c) qorishiq (affrikativ) undoshlarga bo'linadi. Havo jipslashgan nutq a'zolaridagi to'siqni yorib, portlash yo'li bilan hosil bo'lgan nutq tovushlari portlovchi undosh fonemalar hisoblanadi: b, p, d, t, k, q, g, m, n, ng kabi. Havo oqimi o'zaro yaqinlashgan ikki nutq a'zosi o'rtasidagi oraliq joy orqali sirg'alib o'tsa, sirg'aluvchi undosh fonemalar hosil bo'ladi: v, f, s, z, sh, y, g', x, l, h kabi. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra nutq a'zolarining asosan bir yerida hosil bo'lib, bir portlovchi va bir sirg'aluvchi tovushni o'z ichiga olgan, ajratilmay talaf-fuz qilinadigan tovushlarga qorishiq undosh fonemalar deyiladi: j (dj), ch (chsh) va qisman – s// ts (ц) kabi.
Artikulyatsiya o'rni yoki hosil bo'lish o'rniga ko'ra undosh fonemalar lab, til va bo'g'iz undoshlariga ajratiladi. Havo oqimi natijasida lablarning to'la yoki qisman to'sig'iga uchrab hosil bo'ladigan undoshlar lab undoshlari deyiladi. To'la to'siq tufayli – portlash natijasida hosil bo'ladigan undoshlarni lablab (labial), qisman to'siq natija-sida – sirg'alish tufayli hosil bo'ladigan undoshlar labtish (labiodental, dental – tish) undoshlar deb yuritiladi. 1) lablab: b, p, m, (turkiy – v); 2) labtish: v, f. Til undoshlari 4 xil bo'ladi: 1) til oldi; 2) til o'rta; 3) til orqa; 4) chuqur til orqa. Til oldi undoshlari nofaol nutq a'zolaridan tish, milk (alveol)lar va tanglay ishtirokida hosil bo'ladi. Bular: 1) tiltish: t, d, l, n, s, z; 2) tilmilk: sh, j, r, ch.
Undosh fonemalarni quyidagicha tahlil qilish mumkin: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling