Takt – bir urg'u ostida birlashadigan frazaning qismlaridir. Fonetik jihatdan bir bosh urg'u ostida birlashadigan bo'lak taktdir. Masalan, Bir Vatankim / tuprog'ida / har taraf gul / lola, bog' gapida to'rtta takt bor: foilotun, foilotun, foilotun, foilun kabi.
Takt o'z tarkibidagi so'zlarning urg'uliurg'usizligi bilan bog'liq. Ba'zan takt tarkibidagi birinchi qism, ba'zan ikkinchi qism urg'uli yoki urg'usiz bo'lishi mumkin. Bu shu qismlarning fonetik tuzilishiga emas, umumiy fikrning ifodalanishiga ham ta'sir qilish mumkin.
Yuqorida keltirilgan misoldagi «bir Vatankim» taktida asosli urg'u Vatan so'zining ikkinchi bo'g'inida bo'lib, shu taktning «bir» va «kim» qismlari urg'usiz yoki yordamchi urg'ularga ega. Shuning uchun bu taktda «Vatan» «bir»ga nisbatan prokliza, «bir» «Vatan»ga nisbatan proklitika, «Vatan» «kim»ga nisbatan enkliza, «kim» «Vatan»ga nisbatan enklitikadir.
Bo'g'in. Takt bo'g'inlarga bo'linadi. Bo'g'in taktning bir yoki birdan ortiq tovushlar qo'shilmasidir. O'zbek tilida so'z bo'g'inlarini faqat unli tovushlar-gina shakllantiradi. Masalan, «bir Vatankim» birikmasi bir-Va-tan-kim kabi to'rt bo'g'indan tarkib topgan.
O'zbek tilida (unli tovushlar V – vokal, undosh tovushlar C – konsonant belgilari orqali ko'rsatiladi) so'z bo'g'inlari quyidagi ko'rinishlarga ega:
1. V: o-ta, o-na, a-ka, u-ka kabi;
2. CV: bo-la, da-la, to-la kabi.
3. VC: ot, ish, uch, och, ich kabi;
4. CVC: non, suv, mak-tab, daf-tar kabi;
5. CVCC: sust, tinch, baxt kabi;
6. VCC: ust, ost kabi;
7. CCVC: tram-vay, trak-tor kabi;
8. CCVCC: sport, start, shtamp kabi;
9. CCCVC: sprav-ka kabi;
10. VCCCC: Ernst kabi;
11. CCCCCCVC: Mkrtchyan va b.
Bundan ko'rinadiki, faqat 13- tiplar o'zbek tiliga xos bo'lib, qolganlari o'zbek tiliga boshqa tillardan qabul qilingan so'zlardagina uchraydi.
NUTQ APPARATI
1 – qattiq tanglay; 2 – milklar; 3 – yuqori lab; 4 – yuqori tishlar; 5 – pastki lab; 6 – pastki tishlar; 7 – tilning old qismi; 8 – tilning o`rta qismi; 9 –tilning orqa qismi; 10 – tilning o`zak qismi; 11 – bo`g`iz bo`shlig`i; 12 – tovush paychalari, ovoz oralig`i; 13 – qalqonsimon tog`ay; 14 – xalqasimon tog`ay; 15 – dimog`; 16 – yumshoq tanglay; 17 – kichik til; 18 –- bo`g`iz; 19 – piramidasimon tog`ay; 20 – qizilo`ngach; 21 – kеkirdak (traxеya), nafas yo`li.
Do'stlaringiz bilan baham: |