N. S. Temirov Farg’ona davlat universiteti, Pedagogika fanlari doktori, professor


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 95 Kb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi95 Kb.
#1263919
1   2   3   4
Bog'liq
Nazariy-metodologik kurs dasturi TAYYOR

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I.“Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. G‘arb mamlakatlarida mantiqiy tafakkurnirivojlantirish masalalsiga alohida ehtibor qaratilib kelinayotganligi uchun ham jamiyatlarda, ta’lim tizimida yuqori samaradorlikni ko‘rish mumkin. Mantiqiy tafakkur masalasi ko‘plab xorijlik olimlar tomonidan, xususan, D.Rusta, X.Gloka, D.Mak-SHi, S.SHumeyker, YAn Fan, V.Xutmaxer, J.Xurley Patrik, M.Salmon, Robert J.Fogelinlarning tadqiqotlarida mantiqiy, tanqidiy fikrlash va argumentlarni isbotlash metodikasi masalalari bayon etilgan. YUqorida qayd etilgan olimlar va mutaxassislarning asarlari, tadqiqot ishlari va nashrlarida bildirilgan fikrlar ushbu dissertatsiya ishini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
MDH mamlakatlari doirasida ham mantiqiy tafakkur masalasiga doir bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Ularga YU.V.Kurnosov, L.S.Vыgotskiy, A.M.Matyushkin, K.M.Romanov, J.Tulenov, O.V.Igrakova, V.A.Egorov, M.P.Selikova, A.V.Evtushenko, I.M.Voytik, S.V.Piguzova, S.I.Gilmanshina, D.V.Ivanov kabi olimlarning analitik falsafa va pedagogikaga doir izlanishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Turli fanlar doirasida, xususan, falsafa, psixologiya va pedagogika fanlari doirasida mantiqiy tafakkur ko‘plab olimlar tomonidan tadqiq etilgan va bugungi kunda ham bu jarayon davob etmoqda. Jumladan, M.M.Mirqosimova, Q.Ahmedov, S.Dolimov, Q.Yo‘ldoshev, N.Karimov, V.Qodirov, O.Madaev, S.Matchonov, R.Niyozmetova, Z.T.Nishonova, R.I.Sunnatova, B.To‘xliev, H.Ubaydullaev, E.G‘oziev, B.Xodjaev, N.Hotamov, J.Esonov, E.YUsupov, S.YAminovalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida mantiqiy tafakkurning falsafiy, psixologik va pedagogik jihatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf jtish omillari tadqiq etilgan.
Biroq bo‘lg‘usi pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida maxsus o‘rganilmagani jihatidan mazkur dissertatsiya ishi dolzarbdir.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling