N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Download 208 Kb.
bet14/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Katta guruhda bolalarning faolligi o’sadi, nutqi takomil- lashadi, turli rasmlar bo’yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg’ulotlarda ularning mazmuniga qarab har xil vazifalar qo’yiladi: 1) bolalarni rasmlarning mazmunini to’g’ri tushunishga o’rgatish; 2) his-tuyg’ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasbhunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo’yicha bog’langan hikoya tuzishga o’rgatish; 4) lug’at to’plamini kengaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim bo’lgan yangi so’zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo’lgan so’zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida tarbiyachining rahbarligi o’zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o’tadi, zarur bo’lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikoyalariga katta talablar qo’yiladi: voqealarni uzviy bog’langan holda, grammatik jihatdan to’g’ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (liarakatlarni, sifatlarni, hoiatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli tarzda anglash uni to’g’ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to’g’ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhida ularning hikoya qila* olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan o’zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o’zgartirib, umum- lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko’pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo’lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namunahikoyasi, guruhda rasmdagi mazmunni bog’langan holda bayon etishga qiynaladigan bolalar bo’lsagina taklif etiladi. Bunday mashg’ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to’plamlari bo’yicha, masalan, ‘Bizning yer may- donchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish.
Rasmlar to’plami bo’yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo’lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi.
Quyida misol tariqasida bog’lanishli nutqni rivojlantirish bo’yicha mashg’ulot ishlamnasini keltiramiz. Bu mashg’ulotda nutqning turli vazifalari ha! etiladi.

  1. qism. Bog’lanishli nutq. ‘Tipratikanlar" rasnii bo’yicha hikoya qilish.

Dastur mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar (tipratikanlar) to’g’risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo’yicha hikoya qilishga o’rgatish.

  1. qism. Lug’at ishi. Topishmoqlarni topish.

Dastur mazmuni. Bolalarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o’rgatish.

  1. qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. ,,r-l“ tovushlarining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash.

Dastur mazmuni. ,,r-l“ tovushlarining to’g’ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, fonetik idrokni o’stirish. ,,r-l“ tovushlari bo’lgan so’zlarni aniq va cho’zib talaffuz etishga o’rgatish.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga tipratikan haqidagi she’rni aytib beradi.
So’ngra tarbiyachi so’raydi: ‘Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" (Ignalar bilan.) ‘Tipratikan qanday?" (Tikanli.)
Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
Tiku vchimas, bich uvch imas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So’ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: ‘Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yovvoyi hayvon uni yemoqchi bo’lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo’lsak, ignalarini qo’limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo’lmaydi, tikanli.) Yana bitta topishmoq aytadi: ‘ Ignalarini o’zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaydi". Tarbiyachi so’raydi: Nima uchun ‘Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o’xshash? (ular o’tkir, uzun, ingichka.)
Tarbiyachi ‘Tipratikanlar? rasmini (‘Yovvoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan) ko’rsatadi. Bolalarga uni diqqat bilan ko’rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: ‘Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan bolalari- chi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va bolalarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir bolaning hikoyasi:
‘Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlardan bir kuni ular o’tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko’rib ularga tikilib qaray boshlabdi. I k k i t a tipratikancha esa qo’ng’izga qarab o’ylashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o’xshab, dum-dumaloq bo’lib olibdi. Qo’ng’iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo’rqib, tumshug’ini ichkariga yashirdi". Ikkinchi bir bolaning hikoyasi: ‘Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Ona tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog’ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko’rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko’rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron".
Uchinchi bolaning hikoyasi: ‘Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o’rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo’ng’izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko’k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo’lib, u qo’rqqanidan xuddi koptokka o’xshab dum-dumaloq bo’lib olgan edi.
Ular akalariga qarayotganlarida, qo’ng’izlar qochib qolishdi".
Tarbiyachi bolalardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko’proq yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so’rab oladi.
Katta guruh bolalari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o’z hikoyalarini to’ldirib boradilar. Masalan, ‘Qishki o’yinlar" rasmi yuzasidan bola shunday hikoya qilishi mumkin: ‘Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko’m-ko’k, beg’ubor...". Rasm bo’yicha hikoya qilishga bunday tasvirlashni kiritish bolalarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo’yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov guruhida tashkil etiladi. Bolalarni manzarali va naturmort rasmlar bo’yicha hikoya qilishga o’rgatishning qiziqarli va samarali uslubiyotini N . M . Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha yoritadi: ‘Bolalarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning emotsional kayfiyatlariga tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog’lab o’rgatib boriladi. Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg’irin shamol va boshqalar) bog’lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ko’rib chiqishda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Rassom bizga bu o’rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o’tloq haqida) nimalarni hikoya qilib bermoqchi bo’lgan? N i m a uchun rassom o’zining rasmini shunday nomlagan? Rassomga nima qiziqroq, chiroyliroq ko’rinadi? Tarbiyachining ‘nima h a q i d a . ‘ n i m a to’g’risida..." degan savollari rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat manzarasi to’g’risida aniq tavsif berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g’oyasini yaxshi tushunish va aniqlash uchun musiqadan, poetik (she’riy) asarlardan foydalanish ma’qul. Bu bolalarda, bir tomondan, barqaror diqqatning vujudga kelishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan, ularning kayfiyatini ko’taradi, tasvirlash uchun o’xshatishlar, epitetlar, taqqoslashlar va kinoyalarni tanlashga yordam beradi".
Masalan, Safe Oehilning, ‘Ko’klam qo’shig’i", Shukur
Sa’dullaning ‘Bahor keldi", Zafar Diyorning ‘Qor", she’r- laridan, tabiat to’g’risidagi o’zbek xalq qo’shiq va laparlaridan foydalanish mumkin.
Rasmning g’oyasini tushunishga yordam berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: tarbiyachi bolalardan qor bilan o’ynayotganlarida, uyda onalari bo’lmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo’lishini so’raydi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi yoki adabiy asarni o’qib berishi katta ahamiyatga ega. Masalan, V. Bakshcycvning ‘Yushil bahor", O’. Tansiqboyevning ‘Kuz“ rasniini ko’zdan kechirishda mashg’ulotni O’tkir Hoshimovning
‘Tomchi haqida ertak" hikoyasini, Qudrat Hikmatning ‘Bu qaysi fasl?" asaridan parcha o’qib berish bilan tugallash mumkin.
Maktabga tayyorlov guruhida naturmortlarni ko’rib chiqish va tasvirlash mashg’uloti tashkil etiladi. Tarbiyachi doskaga uncha murakkab bo’lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan, gullardan, mevalardan stol ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek, ‘naturmort" yasaydi. So’ngra bolalarning o’zlari narsa-buyumlardan ‘naturmort" yasaydilar va bir vaqtning o’zida ‘naturmortni" tasvirlaydilar: rangini, bo’yoq- larning mosligini, narsalarning shaklini aytib tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi ‘naturmort" bilan taqqoslaydilar. ‘Stoldagi naturmort"ni ko’rib chiqish bolalarga narsa-buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi, ularning estetik sifatlari to’g’risidagi tasawurlari doirasini kengaytirishga ta’sir etadi. Bola sekin-astalik bilan mustaqii ravishda naturmortlarni tasvirlashga o’tadi. Ushbu naturmort rasmlardan foydalanishi mumkin: D.
Nalbandyan ‘Gullar", 1. Levitan ‘Siren". Л. Lak- tinov ‘Fevral", I. Mashkov ‘Tarvuz bilan naturmort", P. Kan- chalov ‘Deraza oldidagi siren", A. Fatxuliin ‘Nishona". Shuningdek, tarbiyachi mashg’ulotda fotoetud rcproduksiyalari- dan ham foydalanishi mumkin. Y. Ryumkinning ‘Olmalar", Y. Ignatoviclming ‘Momaqaymoq" va ‘Moychechak" rasmlarini ko’zdan kechirish yaxshi natijalar beradi.



Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling