N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil
II. BOB. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirishning mazmuni
Download 208 Kb.
|
ZEBINISO KURS ISHI
II. BOB. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirishning mazmuni.
2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o’rgatish Bolalarning eng sevimli va qiziqarli mashg’ulotlaridan biri bu o’yinchoqlarni ko’rib chiqish va tasvirlashdir. O’yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma’nosi juda keng. U bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosil qilgan tajribalarini. idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan bolalarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta’sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug’atini faollashtiradi, bog’langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O’yinchoqlar bo’yicha mashg’ulotni tashkil etishda o’yinchoqlarni tanlashga jiddiy e’tibor berish kerak. Kichik guruh bolalariga tasvirlash uchun taklif etiladigan o’yinchoqlar o’zining ba’zi bir xususiyatlariga ega: o’yinchoqlar nomi bo’yicha bir xil bo’lishi mumkin, biroq tashqi ko’rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi 237 kerak (katta va kichkina ayiqchalar; sochi mayda o’rilgan, do’ppi kiygan va sochiga lenta taqilgan qo’g’irchoq; qizil va yashil piraruidalar, kubiklar va hokazolar). O’yinchoqlarni bu tartibda tanlash bolalarning lug’atini faollashtirishga va taqqoslash usulidan foydalanish asosida bog’lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Katta guruhlarda taxminan quyidagi o’yinchoqlarni tanlash mumkin (tarbiyachi oldindan o’yinchoqlar to’plami ro’yxatini tuzib qo’yadi): Sentabr. Qog’ozdan yasalgan to’q sariq, zarg’aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog’ochdan yasalgan qo’ziqorin; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi qo’g’irchoqlar to’plami; qayiqchalar (o’yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so’zlarni mustahkamlash uchun). Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, tclefon, paroxod, avto- mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so’zlarni mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun). Yanvar. Juft o’yinchoqlar to’plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil qo’g’irchoq (o’ngdo, chapda, yondo, ketmaket so’zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun). Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling