N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Turli yosh guruhlarida o’yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o’rgatish


Download 208 Kb.
bet16/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Turli yosh guruhlarida o’yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o’rgatish.
Kichik guruh. Ushbu guruhda o’yinchoqlarni tasvirlash bo’yicha mashg’ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta’limiy o’yin ko’rinishida (‘Ajoyib xaltacha", ‘Bu kim?“, ‘Sen nimani topding?") olib boriladi.
O’yinchoqlarni tasvirlash bo’yicha mashg’ulotlar ularni ko’rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o’yin- choqlarning tashqi ko’rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so’z- larning to’g’ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylarga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida junilalar aytiladi, shuning uchun savollar yordamida uzuq so’zlar, jumlalar, luqrna tashlashlar birlashtiriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblaridan keyin ularni umumlashtiradi, o’yinchoqlar haqidagi namuna-hikoyani taklif etadi. Masalan, kuchukcha o’yinchog’ini olib (tarbiyachining stoli ustida ikki xil rangdagi kuchukcha, biri katta, oq baxmaldan qilingan, qulog’i pastga tushgan; ikkinchisi, kichkina, qora rangda, quloqlari tik) shunday deydi: ‘Men hozir bu o’yinchoq kuchukcha haqida gapirib beraman. Sizlar esa diqqat bilan tinglab o’tiringlar, keyin sizlar ham kuchukcha haqida xuddi mendek gapirib berasizlar: Bu o’yinchoq — kuchukcha. U katta, rangi oppoq, baxmaldan yasalgan. Kuchukchaning boshida ikkita uzun quloqlari bor. Uning bitta qulog’i tik, yuqoriga qaragan, ikkinchi qulog’i esa pastga osilib tushgan. Kuchukchaning bo’ynida yashil rangli lentasi bor. Uning uzun dumi, oldingi va orqa oyoqlari ham bor. U ,,vov- vov“ deb vovullaydi. Bu o’yinchoqni biz juda sevib o’ynaymiz, o’zimiz bilan sayrga olib boraniiz. O’ynab bo’lgach, uni o’yinchoqlar burchagiga qo’yib qo’yamiz". Bolalar, endi kuchukcha haqida sizlar gapirib berasizlar. Men kimni chaqirsam, shu bola o’yinchoqni olib, uning nomini, rangini, qanday materialdan yasalganligini, uning nimalari borligini aytib beradi. Bolalar shu tariqa sekin-astalik bilan namuna-hikoya asosida tasviriy hikoya tuza boshlaydilar.
O’rta guruhda bolalar sekin-astalik bilan mustaqil ravishda o’yinchoqlar bo’yicha tasviriy hikoya tuza boshlaydilar. O’rgatishning eng nattjali usullaridan biri bu har doimgi mashg’ulotda namuna-hikoyadan foydalanishdir. Namuna- hikoyani mashg’ulotning qaysi qismida (mashg’ulotning boshida, oxirida) berishni bolalarning hikoya qilib bera olish darajasi belgilaydi. Ushbu guruh bolalari yilning ikkinchi yarmidan boshlab tarbiyachining rcjasi asosida hikoya tuza boshlaydilar. Dastlab uncha katta bo’lmagan reja asosidagi ikki-uchta savol o’yinchoqlarning nomini, ularning asosiy sifatlarini va u bilan qilinadigan liarakatlarni birlashtiruvchi uncha katta bo’lmagan hikoya tuzishni nazarda tutadi. (‘O’yinchoqning nomi, rangi, hajmi, u bilan qanday o’ynash mumkinligini gapirib bering".) Sekin-astalik bilan rejani murakkablashtirish. ya’ni savollarni har xil berish mumkin . (Bu o’yinchoq qanday materialdan qilingan? U senga yoqadimi?)
O’yinchoqlar bilan o’tkaziladigan ta’limiy o’yinlardan keng foydalaniladi: ‘O’yinchoqlar do’koni", ‘Pochtachi sovg’a olib keldi“. Bunday mashg’ulotlarni emotsional tarzda o’tkazish bog’lanishli nutqqa o’rgatish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayniqsa, o’yinchoqlar haqidagi topishmoqlardan foydalanib o’tkaziladigan mashg’ulot juda qiziqarli o’tadi.
Bolalar tasviriy hikoya tuzishga yaxshi o’rganib olganlaridan so’ng, o’yinchoqlar to’plami bo’yicha voqeaband hikoyalar tuzishni taklif etish mumkin. Bu mashg’ulot uchun o’yinchoqlarni shunday tanlash kerakki, oddiy voqea chizig’ini belgilash qiyin bo’lmasin (qizcha, qo’ziqorin, savatcha, archa, tipratikan). Tarbiyachining savollari bolalarga hikoya voqealarini izchil yoritishga yordam beradi. Chunonchi: ‘O’rmonda qizcha bilan qanday voqea sodir bo’lishi mumkin? Qizcha o’rmonda nimani uchratib qolishi mumkin? Nimani topib olishi mumkin? U o’rmondan savatchasida nima olib keldi?" Hikoya tuzishda tarbiyachining hikoyanamunasidan ham foydalaniladi. Bolalar bu hikoya namunasinmg aynan o’zini takrorlaydilar, shuning uchun namunani har bir mashg’uiotda berish maqsadga muvofiqdir.
Namuna bolalarni voqeaviy hikoya tuzishga o’rgatib qolmasdan, balki nutqiy qurilmalarni ham berishi kerak. Shuning uchun hikoyaga ko’chirma gapni, tasvirli (obrazli) ifodalarni, uncha katta bo’lmagan tasvirlashlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, tarbiyachining namuna-hikoyasi: ‘Gavhar ismli qizcha yozda qishloqdagi buvisinikiga dam olgani bordi. Kunlardan bir kuni u savatchasini olib o’rmonga sayr qilgani chiqdi. Qarasa, yo’lning chckkasida tipratikan yugurib kctyapti. Gavhar uni ushlab, savatchasiga solib, uyiga olib kctmoqchi bo’ldi, biroq bu fikridan tez qaytdi. ‘Mayli. tipratikan o’rmonda yashay qolsin, bu yerda unga juda ham yaxshi" deb o’yladi-da, gullar, qo’ziqorinlar tcra boshladi".
O’yinchoqlar to’plami bo’yicha voqeaband hikoya tuzish mashg’uloti ikki qismdan iborat bo’ladi: I) o’yinchoqlarni ko’rib chiqish; 2) o’yinchoqlar bo’yicha hikoya tuzish. Birinchi qismning maqsadi — bolalarni o’yinchoqlar bilan tanishtirish, har biriga qisqacha ta’rif berish. Bu qism vazifa berish, hikoyaning qisqacha rejasi yoki namuna-hikoya tuzish bilan tugallanadi. (Bu o’yinchoqlar haqida hikoya tuzishga o’rganamiz.)
Katta guruhda o’yinchoqlar bo’yicha bog’langan hikoya tuzishning xifma-xil mashg’ulot turlaridan foydalaniladi, chunonchi: 1) o’yinchoqlarni tasvirlash; 2) o’yinchoqlar to’plami bo’yicha voqeaband hikoya tuzish; 3) bitta o’yinchoq bo’yicha voqcaband hikoya tuzish. Mashg’ulot ikkinchi yarim yillikdan boshlab tashkil etiladi. Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni jihozlashni va tashkil etishni oldindan o’ylab qo’yish kerak. G u r u h d a bolalar d i q q a t i n i chalg’itmaslik u c h u n o’yinchoqlarni yashirin holda (qutichada, sandiqchada va hokazo) olib kirgan ma’qul. Dastlab mashg’ulotga 6 — 8 yirik o’yinchoq olib kiriladi. Mashg’ulotni boshlashda tarbiyachi bolalarga o’yinchoqlarni ko’rib chiqqanliklarini, ular har xil rangda va har xil materialdan yasalgan bo’lishini bilishlarini eslatib o’tadi. Yana ularga o’yinchoq olib kclganligini ma’lum qiladi. Tarbiyachi bolalarga bugungi mashg’ulotda o’yinchoqlarni ko’zdan kechiribgina qolmasdan, balki ular haqida hikoya tuzishlarini ma’lum qiladi. Bolalarga shunday deydi: ‘Awal o’yinchoqni diqqat bilan ko’zdan kechirish kerak, so’ngra u nima deb aytilishini. qanday rangda ekanligini, nimadan yasalganini gapirib berish kerak’’. Tarbiyachi dastlabki mashg’ulotda hikoyaning namunasi yoki rejasini (Bu qanday buyum? Uning qanday qismlari bor? Ular nima uchun kerak? Bu buyumdan qanday foydalanishni tushuntir va ko’rsat) beradi. Ushbu guruhda mustaqillikka va ijodiylikka undovchi mashg’ulotlardan keng foydalaniladi: ‘O’yinchoqlar bo’yicha topishmoqlar aytish o’ynaymiz’4. (Stol ustiga echki, it, xo’roz, ot, toshbaqa, mushuk. qo’y o’yin- choqlari qo’yiladi. Ularga oid topishmoqlar oldindan tanlab qo’yiladi: ‘Boshida tavog’i bor, sakkizta tuyog’i bor", ‘Emaklagan toshni ko’rdik, toshdan chiqqan boshni ko’rdik", ‘To’rtdir uning oyog’i, tcmir mixli tuyog’i, manzilga vetishtirar, toshdan qattiq tuyog’i", ‘Ketaveradi, ketaveradi, savatday yerni egal- laydi", ‘Erta turadi, jar chaqiradi", ‘Kichkina qumg’on. o’tirib ko’zini yumgan". Tarbiyachi bitta o’yinchoq bo’yicha topishmoqni aytadi, bolalar topadilar. So’ngra bolalarning o’ziga topishmoqlar aytish taklif etiladi) ‘Cevimli o’yinchoqlarimiz haqida gapiramiz". O’yinchoqlarni ta’riflashda bolalar nutqiga katta talablar qo’yiladi. Bolalarga berilgan ‘Qanday o’yinchoq?" degan savolga o’yinchoqning har bir qismini diqqat bilan ko’rib chiqib uni tasvirlashni (shaklini, uzunligini, rangini, nimadan qilinganligini va hokazolarni) talab etadi. Bolalar uni darrov to’liq tasvirlab bera olmaydilar. Tarbiyachi bolalarga hikoyani to’ldirishni taklif etadi yoki o’zi hikoya namunasini beradi.
Bolalar o’yinchoqlar to’plaini ichidan o’zlari istagan o’yinchoqni tanlab, ular bo’yicha qiziqarli hikoyalar o’ylab topishadi, biroq ba’zan mazmundan chetga chiqib ketish hollari ham bo’ladi. Bunday hollarda tarbiyachi o’zining savollari, esga tushirishi, aniqlik kiritishi, to’ldirishi bilan mantiqli, tasvirli hikoya tuzishga yordam beradi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhida o’yinchoqlar yordamida inssenirovka ko’rinishidan iborat bo’lgan hikoya tuzishga ham o’rgatib boriladi. Tarbiyachi bunday hikoyaning namunasini beradi. Masalan, qizcha va kuchukcha to’g’risida hikoya: ‘Bir qizcha yashar edi va uning oppoqqina, yaxshigina kuchukchasi bor edi. Qizcha uni boqar, sayrga olib chiqar edi. U kuchukchasining bo’yniga qizil tasnia bog’lab qo’ygan edi. Kunlardan bir kun qizcha maktabga o’qishga ketdi. Uyga kimdir keldi-yu, eshikni ochiq qoldirdi, kuchukcha esa ko’chaga yugurib chiqdi. Qizcha maktabdan kelsa, kuchukcha yo’q. Qidirib topa olmadi. U ko’chaga yugurib chiqdi. Qarasa, qo’shni uyning darvozasi oldida o’tiribdi. U juda kir bo’lib, titrab yig’lar edi. Qizcha uni ko’tardi-da, uyga olib keldi". Hikoya o’yinchoqlarni harakatlantirish bilan aytiladi.
Bog’lanishli nutqni jonli va ravshan bo’lishi uchun o’yinchoqlar bilan tashkil etiladigan spektakllar katta ahamiyatga ega. Bu spektakllarni katta guruh bolalari kichkintoylarga qo’yib berishadi. Spektakl boshlanishidan awal tarbiyachi guruh bolalari bilan kichkinagina suhbat o’tkazadi, bolalarga o’yinchoqlar uchun ‘voqealar" o’ylab topishni va uni o’rtoqlariga gapirib berishni taklif etadi. Mavzular hayotiy yoki xayoliy bo’lishi mumkin. Masalan, ‘Hayvonot bog’ida ayiq hayotida qanday voqea sodir bo’ladi?", ‘Tulkining tug’ilgan kuni", ‘O’yinchoqlar do’koni", ‘Yangi yil kechasi" va boshqalar.
Tabiiy buyumlarni tasvirlash. Bu mashg’ulot katta ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega, bunday mashg’ulotlarda bolalarning kundalik hayotlarida ishlatiladigan, atrofini o’rab turgan, ro’zg’orda ishlatiladigan buyumlar tasvirlanadi. Shuningdek, tabiat obyektlari (mevalar, uy o’simliklari, barglar), xo’jalik buyumlari, tanish mehnat qurollari va hokazolar bo’lishi mumkin. Bolalar hikoya tuzar ekan, ularning buyumlar (shakli, nimadan qilinganligi, uning vazifasi) to’g’risidagi bilimlari yanada mustahkamlanadi. Buyumlarni tasvirlash bilan bir vaqtda ularning kuzatuvchanligi, tahlil qila olish malakasi, taqqoslash qobiliyati rivojlanadi. Bu mashg’ulot turida buyumlar yig’indisidan (25 — 3O dona, vazifasi. turkumi va hokazolari bir xil bo’lgan) foydalangan ma’qul. Masalan, katta guruhda quyidagi buyumlardan foydalanish mumkin: turli xildagi sovundonlar. tish cho’tkalari. g’iloflar. taroqlar, oynalar va hokazo; idish-tovoqlar va oshxona buyumlari (o’qiov, kapgir, chovli. tuzdon va hokazo); tikuv buyumlari (ip g’altaklari, tugmachalar, qaychilar, igna qadagichlar va boshqalar); maktab (o’quv) anjomlari (qalamlar, o’chirg’ichlar. chizg’ichlar, ruchkalar). Bolalarning hikoyasini buyumlarning turkumlanishi asosida, vazifasiga qarab (Yana kimda g’iloflar bor?), materiali bo’yicha (Yashil rangdagi buyumlarni eslay- sizmi?) navbatlashtirish mumkin.
Mashg’uiotda topishmoqlardan ham foydalanish mumkin: Hammaga to’n tikadi, o’zi yalang’och (Igna)\ Tap-tap etadi, tagidan karvon o’tadi. (Elak)\ Borishda qorni och, qo’shiq aytar, kelishda qorni to’q yig’lab qaytar (Chclak). Bolalarning taqqoslovchi hikoyalaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, ikkita ignadonni tasvirlash: ‘Mening ignadonim plastmassadan yasalgan, uniki esa — yog’ochdan. Mening ignadonimning yuqorisida angishvonasi bor, unikida esa yo’q. Mening ignadonimning uchi o’tkir, xuddi raketaga o’xshaydi. uning ignadoni esa xuddi husluakka o’xshaydi". Bunday mashg’ulotlar natijasida bolalar o’zlari mustaqil ravishda buyumlar to’g’risida, uning eng muhim belgilarini ajratgan holda topishmoqiar o’ylab topishga o’rganadilar.



Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling