N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil
Download 208 Kb.
|
ZEBINISO KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish
8. Baholash usuli.
Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta’sir etib qolmasdan, balki hikoya tuzishi lozim bo’lgan boshqa bolalarga ham ta’sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg’ulot davomida foydalaniladi. Mashg’ulot oxirida berilgan baho. o’z mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoya- larning sifati qanday bo’lganligini bola esda saqlashda qiynaladi, mashg’ulotning oxirida ular toqatsizlanadilar va buning natijasida tarbiyachining ko’rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchi- liklarni (lug’ati, ovoz kuchi, qomatini noto’g’ri tutish va hokazo) aytib o’tish kerak. Masalan, ikkita o’yinchoqni stol bo’ylab yurgizib, harakat- larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig’i berilgan. Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: ‘Yasha, Salim. Sen birinchi bo’lib hikoya qilib bersang- da, o’rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni esingdan chiqarmading, Sening hikoyangni qiziqib tingladik’’. Ba’zan o’rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bolalarning o’zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo’llaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to’liq- ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg’ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak. 3. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma’noli og’zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so’zlarni tanlashga o’rgatadi, jonli so’zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko’nikmasini o’sti- radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og’zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi. Qayta hikoya qilishga o’rgatish samarali bo’lishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish uchun matnlarni to’g’ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur bo’lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g’oyaviy-mantiqiy yo’nalishga ega bo’lishi, jo’shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo’lmagan hikoyalar misol bo’la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo’yilgan: ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni to’liq tushunib hikoya qilish; asarni to’liq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan bayon etish; izchillik (kctma-ketlik) bilan hikoya qilish; muallif matnidagi lug’atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so’zlarni ularning sinonimtari bilan almashtirish; to’g’ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalaming bo’lmasligi; og’zagi nutq madaniyatiga e’tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to’g’ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma’nodorligidan (ifodalili- gidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish. Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bulardan birortasini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling