N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Download 208 Kb.
bet5/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o’rgatishni davom ettirish.
Bolalarni manzarali suratlar bo’yicha maxsus hikoyalar to’qishga o’rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat- dagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o’z hikoyalarida tasviriy so’z va iboralardan foydalanishga 216 o’rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og’zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo’yicha voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko’nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo’lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko’rsatishlariga ahamiyat berish: ‘Gul bayrami’’, ‘Navro’z", ‘Onamlarning bayrami’’, ‘Bahor keldi", ‘Men qushlarga don berdim“, ‘Men onamga yordamchi“, ,,Tomorqada“, ‘Mening mushugim", ‘Metroda", ‘Avtobusda", ‘Trolleybusda", ‘Ko’chada", ‘Bozorda", ‘Do’konda", ‘Arqon o’ynadik", ‘Quvlashmachoq", ,,Bekinmachoq“, ‘Mehmon- mehmon" mavzularida hikoya o’ylab topishga undash.
Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta’rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o’rgatib borish.
Mustaqil tanlangan mavzu bo’yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo’lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o’rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.
Monolog nutqini o’stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko’ra bog’chaning o’rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:

  1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.

  2. Mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.

  3. Ko’rib turgan narsa-buyumlar: o’yinchoqlar, o’simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.

  4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.

  5. Bolalar o’z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.

Katta guruh dasturida hikoya qitishning quyidagi turlari bayon etilgan:

  1. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.

  2. Narsa-buyumlar: o’yinchoqlar, o’simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi belgilarni tuzish.

  3. Rasmlar bo’yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.

  4. Xotiradan o’z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalami, narsalarni, bog’chada va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo’lib o’tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.


  1. Ta’limiy o’yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo’- g’irchoq, o’yinchoqni top", ‘Qo’g’irchoq, mcnda qanaqa gul bor", ‘Qo’g’irchoq, top-chi, yonimda kim o’tiribdi?", ,,Qo’- g’irchoq, qo’limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?" va boshqalar.

  2. Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to’qish, berilgan 3 — 4 so’z yordamida ertak yoki hikoya to’qishga o’rgatish.

Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta guruhdagi kabi turlari ko’rsatilgan.
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda foydalaniladigan usullar

Bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o’tamiz:



Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling